O‘zbekiston | 22:50 / 06.02.2020
13166
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston o‘z fuqarolarining Xitoydan evakuatsiyasi uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi 

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov o‘zbekistonlik hamkasbi Alisher Shodmonov bilan telefon suhbatida unga Xitoydan qozog‘istonliklarning evakuatsiya qilinishidagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Joriy haftada Qozog‘iston tomoni iltimosi bilan Rossiya va O‘zbekistonning maxsus samolyotlarida Xitoyning Uxan shahridan Qozog‘istonning 8 fuqarosi evakuatsiya qilingandi. Ulardan 5 nafari Toshkentda, qolgan 3 nafari Tyumenda 2 hafta davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi. 

Ta'kidlanishicha, tomonlar Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining tezkor markazi orqali doimiy aloqada bo‘lishga va axborot almashinuvni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olishgan. 

Jumladan, ikki davlat sog‘liqni saqlash vazirliklari Toshkentda ikki hafta karantinda bo‘ladigan 5 qozog‘istonlikning holati monitoringini o‘tkazib turishadi. 

Mavzuga oid