Kompaniya chorshanba kuni xodimlardan birida koronavirus aniqlangani haqida xabar qilgan va ularga uydan turib ishlashni tavsiya qilgan.
Facebook kompaniyasining Sietldagi ofisi xodimlaridan birida koronavirus aniqlandi. Xodimlarga mart oxiriga qadar uydan turib ishlash tavsiya etildi. Bu haqda Deadline nashri xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, kompaniya chorshanba kuni xodimlardan birida koronavirus aniqlangani haqida xabar qilgan va ularga uydan turib ishlashni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, Sietldagi ofis 9 martgacha yopiladi.
Avvalroq Amazon kompaniyasi ham xodimlardan birida virus aniqlanganidan so‘ng o‘z xodimlariga uydan turib ishlashni tavsiya etgandi.
JSSTning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirus yuqtirganlar soni 80 mingdan oshgan, XXRdan tashqari 78 mamlakatda 14,5 ming kishi bu kasallikka chalingan.