Instagram (Meta kompaniyasiga tegişli) funksionallik jihatidan Twitter platformasini amalda takrorlaydigan ijtimoiy tarmoqni işlab çiqdi. U allaqaçon tanlab olingan foydalanuvçilar orasida sinovdan ötkazilmoqda va rasman joriy yilning iyun oyida işga tuşirilişi rejalaştirilgan, deb xabar berdi Bloomberg.
Ijtimoiy tarmoqning internetda tarqalib ketgan dastlabki fotosuratlarida aytilişiça, «matnli suhbat ilovasi» Instagram asosida yaratilgan bölib, u orqali avtorizatsiya qilinadi. Ikkala ijtimoiy tarmoqni ham sinxronizatsiya qiliş imkoniyati böladi. Masalan, kontaktlar va obunaçilar röyxati orqali. Biroq, ular ikki xil platforma.
Xabarlar 500 ta belgi bilan çeklangan, bu Twitter platformasidagi 280 ta belgidan iborat çegaradan deyarli ikki baravar köp. Ularga havolalar, videolar va fotosuratlar biriktirilişi mumkin.
Sozlamalarda şarhlarni va akkaunt haqidagi eslatmalarni boşqariş mumkin böladi. Instagram tarmoğida bloklangan foydalanuvçilar röyxati avtomatik ravişda yangi ijtimoiy tarmoqqa ötkaziladi.
Meta kompaniyasi 2023 yil mart oyida yangi ijtimoiy tarmoqni işlab çiqiş boşlanganini e’lon qilgan edi. Uç oy ötgaç, uni işga tuşirişga tayyor ekani ma’lum böldi. Hozirça yangi ijtimoiy tarmoqning nomi oçiqlanmadi.

















