Tramp AQShda koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarni olib tashlash zarurligini aytdi
Donald Tramp cheklovlarni olib tashlagan shtatlar gubernatorlarini misol qilib ko‘rsatdi va boshqalarni ham ulardan o‘rnak olishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar uchun koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantin cheklovlarini olib tashlash vaqti kelganligini aytdi.
«Biz avvalgi holatga qaytyapmiz, mamlakatni ochyapmiz», — dedi Tramp.
Tramp bundan tashqari, AQSh kompaniyalari koronavirusga qarshi vaksina yaratishda ulkan yutuqlarga erishganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 mln doza jo‘natishga tayyor turibdi va vaksina xavfsizlik tekshiruvidan o‘tishi bilan jo‘natiladi.
U cheklovlarni olib tashlagan shtatlar gubernatorlarini misol qilib ko‘rsatdi va boshqalarni ham ulardan o‘rnak olishga chaqirdi. Tramp Jorjiya, Janubiy Karolina, Florida va boshqa ko‘plab joylar ochilganini hamda u yerdagilar «yirik biznes» qilishayotganini aytdi.
Trampning aytishicha, barcha cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng AQShni uzoq davom etadigan o‘sish kutmoqda.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda 1,875 mln kishi koronavirus yuqtirgan, 108 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
19:37 / 24.09.2024
AQShda parkdan o‘g‘irlab ketilgan olti yoshli bola 70 yildan so‘ng topildi
19:24 / 24.09.2024
AQShda ikki kishida miyani yeb qo‘yadigan chuvalchanglar aniqlandi
09:50 / 24.09.2024
RF AQSh saylovlariga ta’sir qilish uchun ko‘plab SI-kontentni ishlab chiqqani aytildi
23:07 / 23.09.2024