Peskov Putinning «rus xalqining SSSR respublikalariga sovg‘alari» haqidagi gapidan so‘ng Rossiyaning qo‘shnilarga nisbatan hududiy da'vosi yo‘qligini aytdi
Putinning so‘zlariga ko‘ra, sovet ittifoqi tuzilganda respublikalarning uning tarkibidan chiqishi huquqi belgilangan, ammo jarayon tartibga solinmagan.
Rossiyaning qo‘shni davlatlarga nisbatan hududiy da'volari yo‘q, deb ma'lum qildi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Yo‘q, Rossiyaning qo‘shnilariga nisbatan hududiy da'vosi yo‘q", - dedi Peskov jurnalistlarning bu boradagi savoliga javob qaytararkan.
Avvalroq Vladimir Putin «Rossiya 1» telekanalida namoyish etilgan «Rossiya. Kreml. Putin» filmi muallifi Pavel Zarubin bilan suhbatda «rus xalqining SSSR respublikalariga sovg‘asi» haqida gapirgandi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, sovet ittifoqi tuzilganda respublikalarning uning tarkibidan chiqishi huquqi belgilangan, ammo jarayon tartibga solinmagan.
«Savol tug‘iladi: agar u yoki bu davlat sovet ittifoqi tarkibiga kirgan bo‘lsa-yu, lekin juda katta hajmdagi rus yerlarini, tarixan Rossiyaga tegishli bo‘lib kelgan hududlarini o‘ziga olsa, so‘ng birdan ittifoqdan chiqib ketishga qaror qilsa - unda, hech bo‘lmaganda, nima bilan kelgan bo‘lsa, shu bilan chiqib ketishi, rus xalqidan sovg‘alarni o‘zi bilan olib ketmasligi kerak edi», - dedi Putin.
Shu bilan birga, u qaysi respublikalarni va qaysi yerlarni nazarda tutganini aniq aytmagan.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti yana bir bor 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi «yarim orol aholisining demokratik tanlovi» ekanligini ta'kidladi.
«Qrim har doim bizniki bo‘lgan, hatto huquqiy nuqtai nazardan ham», - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024