Sardor Umurzoqov Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilari guruhi raisi etib saylandi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining boshqaruvchilar kengashi raisi etib saylandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilgan.
«O‘zbekiston tarixida birinchi marta Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi boshqaruvchilari kengashi – Bank oliy boshqaruv organi raisi etib O‘zbekiston tomonidan boshqaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov saylandi», deyilgan bayonotda.
Ma'lumot uchun, Islom taraqqiyot banki guruhi 1974 yilda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etilgan. Guruh Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi, Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi va Islom tadqiqot va ta'lim instituti kabi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda ITB a'zolari tarkibiga 57ta mamlakat kiradi. Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishdir.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktyabrida S.Umurzoqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) boshqaruvchilari kengashi raisi o‘rinbosari etib saylangandi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.02.2022
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqchi
10:45 / 23.02.2022
Afg‘oniston O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi infratuzilmaviy loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
10:36 / 22.02.2022
O‘zbekiston-Eron biznes-forumi yakunlari bo‘yicha 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi
09:36 / 21.02.2022