Istanbulda o‘zbekistonlik fuqaro og‘ir tan jarohati yetkazilishi oqibatida vafot etdi
Istanbul shahri prokuraturasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan qasddan badanga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, natijada fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli Istanbul shahrining Bashakshehir davlat shifoxonasida vafot etgan.
Mazkur holat O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan qat'iy nazoratga olinib, Turkiyaning vakolatli organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona tomonidan fuqaro jasadini O‘zbekistonga dafn qilish uchun jo‘natish maqsadida barcha zarur bo‘lgan hujjatlar rasmiylashtirilib, marhumning oila a'zolariga kerakli huquqiy yordam ko‘rsatilgani aytiladi.
Mavzuga oid
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024
Istanbulga ammasi taklifi bilan borib, ko‘chada qolib ketgan 21 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi
17:30 / 25.08.2024