O‘zbekiston | 07:17 / 26.03.2021
2191
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati Finlyandiyaning Puxoyaarvi shahri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi

Navoiy viloyati hamda Finlyandiyaning Puxoyaarvi shahri ma'muriyati o‘rtasida birinchi onlayn hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar meri Xenrik Kiviniemi va Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov, shuningdek, har ikkala tomondan tegishli mas'ullar ishtirok etdi.

Finlyandiya «yashil» iqtisodiyot bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Xususan, Puxoyaarvi shahri konchilik sohasida katta tajribaga ega. Bu esa Navoiy viloyati uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. Shu sababli, uchrashuvda konchilik sohasidagi hamkorlik ikkala tomon uchun ham manfaatli ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, ta'lim tizimidagi hamkorlik ham muhim ekanligi aytib o‘tildi. Yaqin kelajakda Navoiy davlat konchilik instituti hamda Finlyandiyaning ushbu sohaga tegishli bo‘lgan universitetlari bilan qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil etish va akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Mavzuga oid