Eron prezidenti mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini e'lon qildi
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2 aprel kuni Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 1 908 974 nafarga yetgan, 62 876 kishi vafot etgan.
Eronning ikki viloyatida koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildi.
«Afsuski, ikki viloyatda to‘rtinchi to‘lqin boshlandi, agar tibbiy protokollarga amal qilmasak, boshqa qator viloyatlarda boshlanishi mumkin», — deya Ruhoniyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi uning matbuot xizmati.
Eronda so‘nggi kunlarda koronavirus yuqtirish holatlari soni o‘sishi kuzatilmoqda. Mamlakatda 1 aprel kuni 11 mingdan ortiq holat aniqlandi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2 aprel kuni Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 1 908 974 nafarga yetgan, 62 876 kishi vafot etgan.
9 fevral kuni mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Eronda emlash uchun Rossiyaning «Sputnik V», Xitoyning Sinopharm va Hindistonning Bharat Biotech kompaniyalari vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Mavzuga oid
12:00
Yaponiya TIV rahbari Eronni vazminlikka chaqirdi
10:50 / 23.10.2024
Tehron: qo‘shnilar o‘z yerlaridan Eronga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini kafolatladi
10:30 / 22.10.2024
OAV: Isroil Eronga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda
10:20 / 22.10.2024