Qozog‘iston poytaxtida koronavirusga qarshi emlanganlarga sovg‘alar taklif qilinmoqda
Emlangan fuqarolar savdo markazlaridan biri o‘tkazayotgan yutuqli o‘yinda qatnashib, maishiy texnika, elektronika va boshqa sovg‘alarni qo‘lga kiritishi mumkin.
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahridagi savdo markazlari va uylarida koronavirusga qarshi emlanganlarga sovg‘alar berilmoqda. Bu haqda Nur-Sulton shahri hokimligi sayti xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, emlangan fuqarolar savdo markazlaridan biri o‘tkazayotgan yutuqli o‘yinda qatnashib, maishiy texnika, elektronika va boshqa sovg‘alarni qo‘lga kiritishi mumkin.
Yana bir savdo markazida esa emlanganlarni rag‘batlantirish maqsadida chegirmali kuponlar tarqatilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston poytaxtida koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha 100dan ortiq punktlar ochilgan. Punktlar birinchi tibbiy yordam markazlari hamda yirik savdo markazlarida joylashgan.
Mavzuga oid
12:40 / 19.10.2024
Rossiya Qozog‘istondan bug‘doy, pomidor va qovun olib kirishni chekladi
20:54 / 18.10.2024
Qozog‘istonda xizmat mashinasida nonga chiqqan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi
21:02 / 17.10.2024
Rossiyani harbiy jihatdan yengib bo‘lmaydi - To‘qayev
19:09 / 17.10.2024