Sport | 00:07 / 14.08.2021
14100
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi ikkinchi o‘yinda Tojikistonni mag‘lub etdi

Server Jeparov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Dushanbe shahrida tojikistonlik tengdoshlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Bu safargi o‘yinda vakillarimiz 3:1 hisobida zafar quchishdi. Ulug‘bekzoda avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, Saidov penaltidan, Karimov esa o‘yindan gol urib o‘smirlarga g‘alaba keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avvalgi bahsda Jeparov shogirdlari mezbonlarga 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 13 avgust.

Tojikiston (U-15) – O‘zbekiston (U-15) – 1:3

Gollar: Abubakr Sulaymonov 30' – Tabriz Ulug‘bekzoda (avtogol), Amirbek Saidov 12' (pen.), Ollohbergan Karimov 48'.
O‘zbekiston U15: Sobirov Muhammadyusuf, Panfyorov Daniil, O‘ktamov Ozodbek, Ju Jin Li Daniel, Abdulboriyev Sherzodbek, Mirusmonov Mirmaqsud, To‘lqinbekov Azizbek, Karimov Ollohbergan, Ismoilov Sultonboy, Saidov Amirbek, Tursunaliyev Ibrohimjon.
Zaxira: To‘laboyev Diyorbek, Halilov Bahodir, Jumatov Behruz, Bobomurodov Fozil, Hoshimboyev Jahongir, G‘ofurjonov Bekzod, Isomiddinov Jahongir, Turg‘unboyev Abdulhamid, Mirhalilov Mirjalol, Aliyev Mirzagit, Bo‘riyev Jahongir, Behruz Shukrullayev.

Mavzuga oid