20:28 / 23.08.2021
8781

Toliblar AQSh qo‘shinlari to‘liq chiqib ketmagunicha Afg‘onistonda yangi hukumat tuzilmasligini ma'lum qildi

Avvalroq toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin “Tolibon” 31 avgustdan keyin Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlariga mamlakatni istilo qilishning davom etishi sifatida qarashini aytgandi.

Foto: Reuters

Amerika harbiylari Afg‘oniston hududidan to‘liq chiqib ketmagunicha “Tolibon” mamlakatda yangi hukumatni shakllantirmaydi. Bu haqda 1TV telekanali harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohidga tayanib xabar berdi. 

“Amerikalik oxirgi askar mamlakatni tark etmagunicha Afg‘onistonda yangi hukumat bo‘lmaydi. Biz o‘ziga to‘q bo‘lamiz. Xalqimiz iqtisodiy o‘zgarishlarni kutmoqda”, – deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal.

Avvalroq toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin “Tolibon” 31 avgustdan keyin Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlariga mamlakatni istilo qilishning davom etishi sifatida qarashini aytgandi.

22 avgustda Oq uy rahbari amerikalik harbiylar qo‘shinlar olib chiqilishi oxirgi muddati uzaytirilishini muhokama qilishayotgani, biroq bunga zarurat bo‘lmasligiga umid qilayotganini aytgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top