Germaniya hukumati qoçqin maqomini oliş huquqiga ega bölmagan afğonlarni ortga qaytariş uçun Özbekiston bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 16 iyun, yakşanba kuni Der Spiegel jurnali yozadi.
Naşrning yozişiça, may oyi oxirida Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer topşiriğiga binoan Germaniya delegatsiyasi Toşkentga taşrif buyurib, u yerda Özbekiston hukumati bilan tegişli rejani muhokama qilgan. «Nemislar Özbekiston hukumatiga maxsus reja taklif qilişgan, – deb yozadi naşr. - Unga köra, Germaniya afğonistonlik nomzodlarni charter reyslar orqali Toşkentga yetkazişi mumkin, u yerdan Afğoniston fuqarolari Kobulga KamAir xususiy aviakompaniyasi samolyotlarida olib ketiladi. Bu yönaliş Berlin toliblar hukumati bilan töğridan töğri muzokaralar olib bormasdan turib afğonlarni çiqarib yuboriş imkoniyatiga ega bölişini ta’minlaş uçun işlab çiqilgan».
Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, Germaniya IIV delegatsiyasi Toşkentdan qaytgaç, muzokaralar «konstruktiv» ötganini ma’lum qilgan va Özbekiston hukumati yordam haqida va’da bergan. Öz navbatida, KamAir aviakompaniyasi vakillari ham xuddi şunday tarzda fuqarolarni Afğonistonga olib boriş mumkin, degan fikrni bildirdilar, deyiladi maqolada.
Avvalgi yillar davomida bu firma Şvetsiyaga xuddi şunday deportatsiya missiyalarida yordam bergan va kompaniya rahbariyati Afğonistondagi toliblar hukumati bilan işonçli aloqalarga ega, deb yozadi Der Spiegel.
Özbekiston şartlari
Toşkentning şarti esa Germaniya bilan Özbekistondan Germaniyaga malakali mutaxassislar yuborilişini tartibga soluvçi rasmiy migratsiya şartnomasini imzolaşdir. Naşrning xabar berişiça, bunday kelişuvni tayyorlaş bir neça oydan beri davom etmoqda.
Der Spiegel naşriga köra, federal hukumatning migratsiya kelişuvlari böyiça maxsus vakili Yoaxim Ştamp kelasi hafta muzokaralarni davom ettiriş uçun Özbekistonga keladi.
Germaniyadan muhojirlarni çiqarib yuboriş masalasi
Boşpana oliş huquqiga ega bölmagan muhojirlarni Germaniyadan çiqarib yuboriş zarurligi haqidagi bahslar afğon fuqarosi may oyi oxirida Mangeymda Pax Europa taşkiloti mitingi iştirokçilariga hujum qilib, yoş politsiyaçining ölimiga sababçi bölganidan keyin yana kuçaydi.







