O‘zbekiston Yaqin Sharq davlatlari fuqarolarining Belarusga aviatranzitini vaqtincha cheklaydi
O‘zbekiston Yaqin Sharqning ayrim davlatlari va Afg‘oniston fuqarolarining Belarusga aviatranzitini vaqtincha cheklaydi. Bu haqda« RIA Novosti» «Uzaviatsiya»dagi manbasiga tayanib yozmoqda.
«17 noyabrdan boshlab Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekiston orqali Belarusga tranzitni amalga oshirishi vaqtincha cheklanadi», degan nashr manbasi. Uning aytishicha, aviakompaniyalar O‘zbekiston orqali amalga oshiriladigan tranzit reyslarda ushbu cheklovni e'tiborga olgan holda chipta sotishni tashkil etishi lozim.
Cheklov diplomatik pasport vakillari va Belarusda yashash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun amal qilmaydi.
Bir necha haftadan buyon Belarus va Polsha chegarasida asosan Yaqin Sharq mamlakati fuqarolaridan iborat qochoqlar Belarus hududidan Yevropa Ittifoqiga o‘tishga urinib tartibsizliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu sabab qator aviakompaniyalar, xususan, Turkish Airlines Minskka amalga oshirayotgan reyslarida Iroq, Suriya va Yaman fuqarolarini vaqtincha qabul qilmayapti. Suriyaning Cham Wings aviakompaniyasi esa Belarusga parvozlarni vaqtincha to‘xtatgan.
Mavzuga oid
19:33 / 09.10.2024
Eron Isroil bilan mojaroda Rossiyaning yordamiga umid qilishi mumkinmi?
11:10 / 09.10.2024
Belarusda muxolifatchilarga qarshi yangi yirik ish ochildi
20:39 / 08.10.2024
Belarusda «davlat hokimiyatini egallashga uringan» 22 nafar muxolifatchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:49 / 07.10.2024