Samarqandda ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi
Samarqand viloyati Nurobod tumanida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi aniqlangan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 13 dekabr kuni soat 23:30larda, A-378 Samarqand-G‘uzor xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati, Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi 23-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan 1987 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi "Episa" mashinasi to‘xtatilgan.
Mashina tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda uning yukxonasida 49 500 dona "Britanik" va 69 dona "Solovey razboynik" nomli pirotexnika vositalari olib ketilayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A.M. va aniqlangan vositalar Nurobod tumani IIBga topshirilgan.
Mavzuga oid
19:23 / 25.09.2024
Samarqandda qarovsiz holda quritib yuborilgan bog‘lar masalasi prokuratura nazoratiga olindi
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
19:33 / 24.09.2024
Xalqaro miqyosdagi ko‘zbo‘yamachilik: Samarqandda qurib yotgan uchta bog‘
12:50 / 24.09.2024