Samarqand viloyati Bulunğur tumanida “Kobalt” bilan töqnaşgan “Damas” haydovçisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bugun, 13 iyun kuni soat 6:30 larda, M-39 avtomobil yölining Bulunğur tumanidan ötgan qismida Toşkent-Samarqand yönalişida ketayotgan “Damas” qarama-qarşi tomondan kelayotgan “Kobalt” bilan töqnaşgan.
Oqibatda “Damas” haydovçisi oğir tan jarohatlari olgan va şifoxonaga olib borişda vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda “Damas” maşinasi butunlay paçaq bölgan holda yölni ajratuvçi tösiq ustiga çiqib qolganini köriş mumkin.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








