Tojikiston prezidenti Afg‘oniston atrofida «xavfsizlik kamari» tashkil etishga chaqirdi
Imomali Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston chegaralarida KXShT alyansi chegaralariga hujum qilishga tayyor turgan olti mingga yaqin jangari bor.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon KXShT rahbarlari onlayn-sammitida Afg‘oniston atrofida «xavfsizlik kamari» yaratishga chaqirdi, deb xabar bermoqda «Rossiya 24» telekanali.
Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston chegaralarida KXShT alyansi chegaralariga hujum qilishga tayyor turgan olti mingga yaqin jangari bor.
«Tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat har kuni murakkablashmoqda, chegara bo‘ylab toliblarning o‘zlari o‘rtasida jangovar harakatlar sodir bo‘lmoqda. Oxirgi haftada birgina uchastkada 11 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Shuning uchun Afg‘oniston atrofida «xavfsizlik kamari» yaratishimiz kerak», - dedi Tojikiston prezidenti.
U shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyadagi terrorchilarning «uyqudagi» yacheykalari haqida ham so‘z yuritdi.
«KXShT, MDH va ShHT doiralaridagi uchrashuvlarimizda mamlakatlarimizdagi xalqaro terrorizm, ekstremizm va diniy radikalizmning «uyqudagi» yacheykalariga bir necha marta e’tiboringizni qaratganman», — dedi Rahmon.
Mavzuga oid
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
21:27 / 03.10.2024
“Tolibon” Vahan koridorini ochmoqchi. Bu qanchalik real?
23:22 / 24.09.2024
BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi
19:37 / 24.09.2024