14:28 / 02.02.2022
10363

“Ayolimning hayoti qil ustida” – farzandlari yetim qolishini istamagan ota imkon izlaydi

“Ayolimning hayoti qil ustida turibdi. Shifokorlar jigar ko‘chirish amaliyoti zarurligini aytishdi. Lekin bu operatsiya uchun bizda mablag‘ yo‘q. O‘zim oddiy poyabzal ustasiman, topganim 3 farzandimni boqishdan ortmaydi. Hamma narsamizni sotsak ham bizda buncha pul chiqmaydi”, - deydi bemorning turmush o‘rtog‘i.

Sirdaryoning Sayxunobod tumanida uch farzandni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oila bor. Oddiy va kamtargina turmush tarziga ega bu oilaning oddiy bo‘lmagan kulfati oila bekasi Nargiza opaning og‘ir dardga chalinishi bilan boshlangan. Jigar sirrozi deb ataluvchi bu xastalik unda eng og‘ir pallaga yetib kelgan. Oilaning yagona umidi o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotidan.

Oila boshlig‘i poyabzal ustasi va shuning ortidan ro‘zg‘or tebratib keladi. Ayni paytda murakkab operatsiya uchun mablag‘ masalasi ular uchun og‘riqli muammoga aylangan.

“Ayolimning hayoti qil ustida turibdi. Allohning marhamatidan umid qilib davolatishga harakat qilyapmiz. Shifokorlar jigar ko‘chirish amaliyoti zarurligini aytishdi. Lekin bu operatsiya uchun bizda mablag‘ yo‘q. O‘zim oddiy poyabzal ustasiman, topganim 3 farzandimni boqishdan ortmaydi. Hamma narsamizni sotsak ham bizda buncha pul chiqmaydi”, — deydi bemorning turmush o‘rtog‘i.

Farzandlari onasiz, xonadoni bekasiz qolishini istamagan Orziqul aka ayolining sog‘ayishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilyapti. Ammo zarur bo‘lgan mablag‘ning anchagina kattaligi sabab yaxshilik uchun qalbi va qo‘li ochiq yurtdoshlarimiz yordamiga muhtoj. Duolari hamda moddiy daldalari bilan ko‘pning dardiga darmon bo‘lgan yaxshilardan bu safar ham umidlarimiz katta.

Nargiza Mallaboyevaga oid ma’lumotlar:

Humo: 9860 0401 1751 4139 turmush o‘rtog‘i Orziqul Mallaboyev nomida

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top