Jahon | 10:26 / 23.03.2022
44224
4 daqiqa o‘qiladi
Bombapanagohlarda qolayotgan odamlar va qamalga tayyorlanayotgan Odessa. Urush suratlari
Urushning 27-kuni o‘tdi. Zarbalar yo‘llanishi davom etmoqda - Nikolayevda shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasi zarbaga uchradi, Kiyevda - Milliy fanlar akademiyasining Ilmiy-tadqiqot instituti. Kiyev yaqinida fotojurnalist Maksim Levin yo‘qolib qolgani ma’lum bo‘ldi, u oxirgi bor 13 mart kuni aloqaga chiqqan.
Ukrainadagi urushning 27-kuni: so‘nggi ma’lumotlar
- Seshanba tongida rossiyaliklar o‘tgan oyda banklardan 2008 yildan buyon eng ko‘p miqdorda mablag‘larini olgani ma’lum bo‘ldi
- Rossiya harbiylari zarbalari oqibatida Chernigov shahri elektrsiz va suvsiz qoldi
- Rossiyada «feyklar bo‘yicha qonun» doirasida gumonlanib qo‘lga olingan shaxs IIV xodimi bo‘ldi
- Xersonda yana urushga qarshi miting tarqatib yuborildi
- Ukrainaning qator shaharlarida bir necha kunga yetarli oziq-ovqat qolgan
- G‘arb razvedka xizmatlari rossiyaliklarning yo‘qotishlarini 10 mingga baholamoqda
- XVF Ukraina iqtisodiyoti uchdan bir qismiga qisqarishini prognoz qilmoqda
- Birinchi kanalning sobiq muxbiri Janna Agalakova mart oyi boshida ishdan ketganidan buyon ilk bor ishdan ketishi sababi Ukrainadagi urush borasidagi propagandaga rozi bo‘lmagani bilan bog‘liq bo‘lganini aytdi
- Oq uy Rossiyaga qarshi sanksiyalarni anons qildi. WSJ ma’lumotiga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatidan Davlat dumasi deputatlari o‘rin oladi
- AQSh prezidenti Jo Bayden Yevropaga yo‘l olmoqda. U NATO sammitida qatnashadi, G7 va Yevroittifoq yetakchilari bilan uchrashadi. Tashrifning asosiy mavzusi — Ukrainadagi urush
- Shu kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO sammitida videoaloqa orqali ishtirok etadi.
Mavzuga oid
13:26 / 19.09.2024
«Bu ish bermaydi» - Olaf Shols Ukrainada tinchlikka erishish yo‘llari haqida bayonot berdi
11:40 / 19.09.2024
Germaniya Ukraina harbiylarining davolanishi uchun yana 50 mln yevro ajratadi
20:06 / 18.09.2024
Dronlar Tver oblastiga hujum qildi. U yerda raketa arsenali joylashgan
12:40 / 18.09.2024