9 iyun kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashib, IT-park yangi qurilayotgan majmuasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
![](https://storage.kun.uz/source/8/TUDVh2P7NLLTm_YRJikC-bhvArk8x39N.jpg)
Uchrashuvda IT-park yangi qurilayotgan majmuasi va «Astrum» IT-akademiyasi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Unda AKT sohasining infratuzilmasi tubdan yangilanayotgani, bu esa dunyodagi katta IT-kompaniyalarni jalb etib, IT-parkni yaxlit kompleks tarzda rivojlantirish, IT-vakillari uchun qulay muhit yaratish maqsad qilinayotgani tushuntirildi.
![](https://storage.kun.uz/source/8/sZ9rmE0BHC7rL-70xDIuWtk781YO5n3Y.jpg)
![](https://storage.kun.uz/source/8/7aOLCi6WgWAwOXJv4BPhvznM5tYPyERi.jpg)
Shundan so‘ng AKT vaziri elchini IT-parkning yangi qurilayotgan majmuasi bilan tanishtirdi. Bu yerda yoshlarni yetakchi xorijiy kompaniyalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish kasbiga, ya’ni autsorsing xizmatlarini ko‘rsatishga o‘rgatish, xorijning yetakchi IT-kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, mamlakatni mintaqaviy IT-markazga aylantirish maqsad qilingani aytib o‘tildi.
![](https://storage.kun.uz/source/8/p8rilIikOKSUJ1hEmiGWvJxqdaQvNBL6.jpg)
Tanishtiruv jarayonida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyumga Amerikaning IT-kompaniyalarini O‘zbekistonda mintaqaviy ofislarini ochishga taklif etdi.
![](https://storage.kun.uz/source/8/1yV16qXkxgVVZvuYrzAbQc3vOXlFBLr3.jpg)
![](https://storage.kun.uz/source/8/3Q6MYHjnBOEVJkWnZwlAjAr7yKBtFzE1.jpg)