11-12 iyun kunlari AQŞ Savdo vakili Ketrin Tay Özbekistonda bölib, qator rasmiylar, xususan, prezident Şavkat Mirziyoyev bilan ham uçraşdi. Tayning fikriça, respublikaning JSTga a’zo bölişi juda çözilib ketdi. Lekin har bir a’zo davlat bilan kelişiş, kerakli özgariş va qarorlarni qabul qiliş vaqt olişi tayin edi. Savdo vakilining qöşimça qilişiça, Özbekiston bu yölda monopoliyani yengişi lozim. Xorijiy investitsiyalarni köproq jalb qiliş buni osonlaştiradi.
Ketrin Tay rasmiy doiralar bilan muzokaralaridan keyin OAV vakillari bilan körişib, ularning savollariga javob qaytardi. Kun.uz jurnalistining aynan taşkilotga a’zo böliş va bunda monopoliyaga barham beriş lozimligi vazifasi xususida savolga Tay xonim javob berar ekan, vazifa oğir ekanini aytdi.
“Monopoliyani yöqotiş oson iş emas, lekin Özbekiston bunga yaqin turibdi. Prezidentning nigohi qaratilgan. Özbekistondagi kompaniyalar köproq innovatsion, bir-biridan foydali va ustun mahsulotlar işlab çiqarişni oşirsa, bir-biridan ildamlaşga urinsa, monopoliya zarba oladi. Özbekiston bu borada xorijiy investorlarni ham jalb qilib, ijobiy natijaga erişişi mumkin. Masalan, men bu yöldagi xususiylaştiriş siyosatini ijobiy baholayman. Çunki bu Özbekistonni dunyo iqtisodiyotiga ulaydi”, — deydi Ketrin Tay.
Rossiyaning Ukrainadagi uruşi Kremlga nisbatan misli körilmagan sanksiyalar tölqinini keltirib çiqardi.
Masalan, 2023 yil hisobiga köra, AQŞ Moliya vazirligi 2400 ga yaqin yuridik va jismoniy şaxslarga sanksiya qöydi. Savdo vazirligi esa Rossiya va uning ittifoqçisi Belarusga eksportni taqiqlovçi nazorat örnatdi. Biroq Moskva sanksiyalarni çetlab ötişga maksimal harakat qildi. Energetika sanoatiga nisbatan qöllangan keng qamrovli sanksiyalarga qaramay, Rossiya kompaniyalari vositaçilardan foydalangan holda dunyo böylab neft taşişda davom etdi. Xitoy, Armaniston, Turkiya, Birlaşgan Arab Amirliklari va Özbekiston sanksiyalar siyosatini aylanib ötişda körsatilgan yordamda asosiy gumondor davlatlar. AQŞ savdo vakilidan ayni masala xususida söralganda, Tay buni uzoq yillik hamkorlikka burdi.
“Mening öylaşimça, mintaqani bunga jalb qiliş – savdo aloqalarini diversifikatsiyalaş tomon xohiş. Bu davlatlar tarixan iqtisodiy boğliq ekani ham hisobga olinsa, sanksiyalar siyosatining buzilişi bölmaydi. Lekin hozirgaça biz bu davlatlardan Ğarb va AQŞ sanksiyalarini hurmat qilgan holda savdoda köproq hamkorlarni izlaş, köproq variantlarni izlaşga urinişni köryapmiz”, — deydi AQŞ savdo vakili.










