Toshkent shahrining Olmazor tumanida qo‘shni davlat institutiga o‘qishga kiritib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.J. boshqa bir fuqaro J.dan tanishlari orqali Tojikiston Respublikasidagi Pedagogika institutiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga 2-bosqichdan ko‘chirtirib berish evaziga 3 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.