Elektromobillar savdosi bilan şuğullanuvçi 4 ta avtosalon egalari özaro til biriktirgan holda, yuzlab odamlarning işonçiga kirib, 200 dollar evaziga ularning nomiga kredit çiqartirgan. 2 oy içida kreditni uzib berişni va’da qilgan “uçar”lar milliardlab summalarni özlaştirgan. Bu holatda banklarning işsizlarga kredit ajratgani taajjubli.
200 dollarga aldanganlar
Xitoydan turli rusumdagi elektromobillarni olib keliş, sotiş va quvvatlaş bilan şuğullanuvçi “Green-Waatt”, “Ev Sky”, “ZTY Car Energy”, “Quwwatt Motors” MÇJlar turli banklar orqali yuzlab odamlarni çuv tuşirgan.
Maşhur kişilar yordamida turli jozibali reklamalarga kuç berib, odamlar işonçiga kirgan. Rejaga köra aksariyati xeç qayerda işlamaydigan, tayinli daromadi yöq fuqarolar birgalikda daromad olişga qiziqtirilgan. Sxema quyidagiça işlagan:
— fuqarolar bilan qimmatbaho xitoy avtomobili uçun şartnoma tuziladi;
— bankdan avtomobil uçun öşa fuqaro nomiga katta miqdorda, 200-300 million sömlik kreditlar çiqariladi;
— kreditdan çiqqan pullar sxema tepasida turgan firma egalari qöliga ötadi;
— odamlar kredit kompaniya tomonidan tölab borilişiga işontiriladi;
— 2 oy içida Xitoydan avtomaşina olib kelinib, qayta sotilişi va tuşgan mablağ hisobiga kredit töliq yopilişi va’da qilinadi.
Bularning barçasi evaziga bu aldanayotgan fuqarolarga bor-yöği 200 dollardan “bonus” berilgan. “Osmondan tuşayotgan” 200 dollarni eşitgan sodda odamlar birin-ketin taniş-biliş, qarindoş-uruğ, qöşnilarini yetaklab kelaveradi. Ularning soni esa aniq emas.
“Hamma viloyatdan aldanganlar bor”
“Şu salon egalari [bu biznesni] qarindoş-uruğçilikdan boşlaşgan. Misol uçun, 10 nafar odamga pul olib beringlar deyişsa, şundan 3-4 nafariga [avtomobillarni] darhol olib kelişgan. 10-15 kun, 1 oyda kelganlari ham bölgan. Şunga hamma işonib, ozgina pulli böliş ilinjida muhtoj odamlar borgan. Mingga yaqin odam jabrlangan bölsa, heç puli köpayib ketgan odam bormagan [avtosalonçilarning] yoniga”, – deydi jabrlangan fuqarolardan biri.
“Bir qarindoşim orqali eşitganman. “200 dollar evaziga 3 oyda kreditingiz yopilib ketadi, kredit tarixingiz zör çiqadi, keyingi safar kredit olayotganingizda [bank] şundoq öylanmasdan kredit beradi. Hozir [kreditingiz] 4 yilga olinyapti, lekin 3 oy içida yopilib ketadi, maşina 45 iş kunida keladi”, – deyişgan. Keyin [bankka] borganmiz, şartnomalar tayyor bölgan, Xurşid aka degan kişi şu hujjatlarni olib kelgan, bank içiga kirib, xodimlari bilan gaplaşib yonimizda ötirgan. Bizga kreditni çiqarib berişgan.
Sentyabrda olgan bölsak, kreditimizni 3 oy davomida muammosiz tölab kelişgan, vaqtida tölanmasdan, 5-6 kun ötib ketib, plastiklardan pul yeçib olsa, uni avtosalon egalari tezda qaytarib bergan. 3 oydan keyin bankdan bizni qöymay telefon qilişdi, maşinamiz kelmaganini, avtosalonga murojaat qilişimizni, garovga avtomobilni qöyiş kerakligini aytişdi.
Biz avtosalonga aytganimizda, ular maşina yölda ekanini, navbatda çegarada turganini aytganida, biz işongandik. Keyin şu bilan u odamlar yöqolib qoldi, qidirib borsak, qamoqda ekan. Kreditimizning oxirgi tölovi esa yanvar oyida bölgan, bu oydan keyin kredit tölovi tölanmagan”, – yana bir suhbatdoş.
“Men buni örtoğim orqali eşitganman. “[Nomingga bir maşina olinadi], pulini avtosalonning özi tölab berarkan, 40 kun içida maşina [Özbekistonga] kirib keladi, kirib kelişi bilan avtomobilni notariusdan egasining nomiga ötkazib berasan, nomingdagi pul tölanib yuraveradi, qarzdorliklar yeçilib ketaverar ekan”, dedi. “Işonçlimi?” deb sörasam, işonçli ekanini aytişdi.
Oradan 3-4 kun ötdi, pasportimni rasmga olib jönatişimni söradi, jönatdim. Yana vaqt ötgaç hujjatlarim tayyor bölganini, bankka borib kelişimni aytişdi. Yölda ketayotganimizda dugonamning öxşamay turgan hujjatlari ham öxşab qoldi, keyin men uning işi öxşagani uçun olmasligimni aytdim. Keyin bankka bordik, Turonbankda Farid degan odam kutib oldi. Men olmasligimni, dugonamning öziga qilaverişini aytganimda olmasam bölmasligini aytib köndirişdi. Bizga boşida kredit deb aytilmagandi. Öşa kuni hujjatga qöl qöyib bölganimizdan keyin kredit ekanini bildik. 265 mln söm kredit olganmiz”, – deydi şaxsini oşkor qilişni istamagan ayol.
Yana bir suhbatdoşimiz xöjayinining örtoği sabab şu işga aralaşib qolgani, ÖzMilliybankning Yakkasaroydagi filialidan 203 mln 775 ming söm miqdorda avtokredit olganini aytadi. Murojaatçilar bunda bank xodimlari bilan ham til biriktirilgan bölişi mumkinligiga işora qildi.
“Avtosalonga bormaganmiz. Hamma narsa bilan bizni birdaniga bankka çaqirişgan. Dilşod degan odam çaqirgan, töğri bankka borganmiz. Bank va avtosalon şeriklikda hamma narsani özlari tayyorlagan, biz kirganmiz, qöl qöyib çiqib ketganmiz. Qolgan tölovlari-yu, kelişuvlar avtosalon va bank örtasida bölgan. Biz heç narsada qatnaşmaganmiz.
[Bu jarayonda] ÖzMilliybank, Ziroatbank, Turonbank, Asia Alliance Bank bor. Hozir bu yerda [murojaat qiliş uçun] yiğilganimiz faqat 4 ta bankdan, özi aslida 8 ta bank aralaşgan. Jabrlanuvçilar faqat Toşkentning özidan emas, qolgan viloyatlarda ham bor”,– deydi u.
Dilşod ismli şaxs asli “Ev Sky” MÇJ rahbari hisoblanadi. Yakkasaroy tumani prokuraturasi tomonidan yuritilgan tergov işi hujjatida Dilşod Işonqulov şeriklari bilan 70 ga yaqin fuqaroning işonçiga kirib, umumiy hisobda 20 mlrd sömdan köproq miqdorda kredit olgani va uni talon-taroj qilgani körsatilgan.
Odamlar aldanganlarini banklar ulardan pul talab qila boşlaganida sezişgan. ÖzMilliyBank, Asia Alliance Bank tomonidan fuqarolar sudga berilgan. Ayrim işlarda allaqaçon sud qarori çiqib, undiruv fuqarolarga qaratilgan.
Kredit ta’minoti garovi sifatida kreditni qaytara olmaslik javobgarligi suğurta qilingan bölişiga qaramay, undiruv suğurta kompaniyalariga emas, töğridan töğri fuqarolarga qaratilgan.
Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqarolarning deyarli hammasida voqealar xuddi şunday xronologiya bilan yakunlangan. Faqat boğlangan odamlari va borgan banklari farq qilişi mumkin.
“Banklar katta “risk” qilgan, ammo ular yutqazmaydi”
Hammaga ayonki, tijorat muassasalari şunçaki kredit ajratmaydi. Yuqoridagi holatda mijozlarning aksariyati doimiy iş joyi va daromadiga ega bölmagan, xarid qilinişi aytilgan avtomaşina ham Özbekistonga hali olib kelinmagan. Şuni hisobga hisobga olsak, bu vaziyatda işsiz fuqarolarga hali import qilinmagan mahsulot uçun qarzga pul berilişini tasavvur qiliş qiyin.
Şunday ekan, nima sabab banklar bunday katta xavfni böyniga olib, katta summada kredit ajratgan, kredit uçun garovga nima qöyilgan? Şu savollarga javob topiş uçun Kun.uz bir qança banklar bilan boğlandi.
Tahririyatga taqdim qilingan hujjatlarga köra, bunga 4 ta: ÖzMilliybank, Asia Alliance Bank,, Ziroat bank hamda Turon bank aralaşgan. Ba’zi holatlarda suğurta kompaniyasining kafilligi bilan özini özi band qilgan fuqarolarga avtokredit ajratilgan bölsa, ba’zilariga iste’mol krediti berilgani ma’lum böldi.
Banklarning amaldagi içki siyosatiga köra, özini özi band qilgan şaxslarga ham kredit paketlari belgilangan, plastik kartalaridagi ma’lumotlari hamda suğurta hujjati asosida ularga mikroqarz berilişi mumkin. Bu qonunga zid emas. Ammo Kun.uz'ning bank sohasida işlovçi manbalariga köra, banklar uçun bu katta risk hisoblanadi, şu sababli ayni vaziyatdagi keyslar kam uçraydi.
“Biroq şunda ham bank uçun bu öta yomon holat emas. Suğurta kompaniyasi kafil bölib mijozlarning kreditini yopib berişi mumkin, lekin oxirida bu pulni fuqaro qoplab beradi. Nima bölsa ham tijorat muassasasi yutqazmaydi”, – deydi manba.
“Moliyaviy inqiroz yuzaga kelişi mumkin” – iqtisodçi
Iqtisodçi Valijon Töraqulov bu vaziyatni qonuniy jinoyat deb atamoqda. Uning aytişiça, bunday turdagi jinoyatlar noqonuniysiga qaraganda xavfliroq böladi.
“Odatda moliyaviy jinoyatlarni ikkiga bölişimiz mumkin; qonuniy va noqonuniy. Qançalik hayratlanarli körinmasin, köp holatlarda qonuniy jinoyatlar noqonuniylariga qaraganda ança xavfliroq hisoblanadi. Çunki noqonuniy moliyaviy jinoyatlarning nomi, ularga qöyiladigan jazolar aniq. Lekin qonuniy holatda qilinganlari köp vaqtlarda sezilmasdan ötib ketadi. Çunki har bir iş qonuniy holatda bölgan böladi. Mana bu vaziyat ham köproq 2 holatga mos keladi. Ya’ni tasavvur qiling, kimdir kelib, avtosalon uçun kredit oladi va buni banklar rad qila olmaydi, çunki fuqaro özini özi band qilmoqçi, masalan kirakaşlik bilan şuğullanmoqçi. Demak, hamma narsa qonuniy.
Raqamlaşayotgan zamon va makonda, albatta, kimlardir mana şu jarayondan “çiroyli” foydalanişga urinadi. Bu yerda fuqarolarimiz tomonidan qilingan eng katta xatolardan biri bu – moliyaviy va huquqiy savodxonlikka ega bölmasligi. Boisi, bu hujjatlar orqali nafaqat maşina uçun kredit oliş, nimaga qöl qöyilayotganini bilmagan holatdan nomingizdan foydalanib, boşqa katta narsalarga ham kredit olib yuborilsa böladi. Qonuniy bölgani uçun uçinçi şaxs bu yerda aybsiz bölib, javobgarlik mijozga kelib tuşaveradi”, – deydi u.
Töraqulov şunday jinoyatlar qilinişi davom etaversa, moliya bozorida inqiroz yuzaga kelişidan ogohlantirmoqda.
“Bu yerda juda ham köp kutilmagan holatlar bölişi mumkin. Bu narsa xuddi 2008 yildagi AQŞda bölgan moliyaviy inqirozni eslatadi. Esingizda bölsa, xuddi şunday tölov qobiliyatiga ega bölmagan insonlarga kredit beriş orqali va uy bozoridagi narxlarning tuşib ketişi orqali banklardagi aktivlar yöqolgan va juda ham katta moliyaviy inqiroz paydo bölgan. Bu holatda ham xuddi şunday bölişi mumkin.
Ya’ni agarki ma’lum sabab bilan maşinalar narxi tuşişiga erişsak, banklar özlari közlagan maqsad uçun öşa maşinalarni sotib yubora olmasligi ehtimoli bor. Bu esa banklardagi aktivlarni tuşirib yuboradi. Zanjir reaksiyasi orqali butun bir moliyaviy bozorda inqiroz yuzaga kelişi mumkin”, – deydi mutaxassis.
Firibgarlar qamoqda, jinoyat işi qözğatilgan
IIVning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, yuqoridagi holat böyiça kompaniyalarga aloqador 6 kişi qamoqqa olingan, jinoyat işi qözğatilgan.
“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik qiliş), 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda özgalar mulkini özlaştiriş), 228-moddasi 2-qismi “a” bandi (xujjatlarni takroran qalbakilaştiriş), 228-moddasi 3-qismi (hujjatlarni qalbaki ekanini bilgan holda foydalaniş) va 207-moddasi 1-qismi (mansab vakolatlarini suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlarini xolisona, har tomonlama va tölaqonli olib borilişi ta’minlanadi”, – deyiladi vazirlik izohida.
Qöşimça qilinişiça, 200 nafardan köp fuqarolar jinoyat işi yuzasidan jabrlanuvçi sifatida e’tirof etilgan.
Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi.
Tasvirçi – Şerzod Egamberdiyev.











