Kremenchugga hujum oqibatlari, yangi zarbalarga tayyorlanayotgan Kiyev. Urush suratlari
Ukrainada urushning 125-kuni o‘tdi.
28 iyun kuni BMT Xavfsizlik kengashi Kremenchugdagi «Amstor» savdo markazi o‘qqa tutilishini muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish chaqirdi - bu hujum oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Yig‘ilishda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy chiqish qilib, Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olishga chaqirdi. Xuddi shu vaqtda Turkiya NATO sammitida Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi, Bolgariya esa 70 nafar rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishini e’lon qildi. AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Bu cheklovlar yana 57 kishi (jumladan Tina Kandelaki) va 100 dan ortiq kompaniyani (jumladan «Kamaz») qamrab oladi.
Quyida 28 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Odessa
Odessa yaqinida ukrain armiyasining dala lageri. Rossiya bosqini boshlanganidan buyon shaharning o‘zida va uning atrofidagi hududlarda harbiy harakatlar olib borilmagan, ammo hudud doimiy ravishda raketa zarbalariga uchramoqda.
«Amstor» savdo markazidagi supermarketning yonib ketgan tokchalari, 27 iyun kuni bu yerga rossiyaliklarning X-22 qanotli raketasi kelib tushdi. Rossiya tomoni bayonotida aksi aytilayotganiga qaramay, hujum vaqtida savdo markazi ishlab turgan va odamlar gavjum bo‘lgan. Kamida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 40 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.
Xarkiv
Kiyev
Getman Petro Sagaydachno sharafiga o‘rnatilgan haykal snaryad parchalaridan himoyalash uchun qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yilgan. Bir necha haftalik tanaffusdan keyin Kiyev yana Rossiya tomonidan o‘qqa tutila boshladi. 26 iyun kuni ko‘p qavatli uylardan biriga raketa kelib tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangandi.
Mavzuga oid
13:26 / 19.09.2024
«Bu ish bermaydi» - Olaf Shols Ukrainada tinchlikka erishish yo‘llari haqida bayonot berdi
11:40 / 19.09.2024
Germaniya Ukraina harbiylarining davolanishi uchun yana 50 mln yevro ajratadi
20:06 / 18.09.2024
Dronlar Tver oblastiga hujum qildi. U yerda raketa arsenali joylashgan
12:40 / 18.09.2024