O‘zbekiston | 08:37 / 12.07.2022
9861
1 daqiqa o‘qiladi
55 nafar o‘zbekistonlik Rossiya IIV vaqtinchalik saqlash markazlaridan qaytarildi
2022 yilning 6 oyi davomida xorijdan qaytgan 369 ming 566 nafar fuqaroning 262 ming 147 nafari bandligi ta’minlandi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 56 mingdan ortiq fuqaro mehnat organlari tomonidan bandlik xizmatlari ko‘rsatish orqali ish bilan band qilindi, 9 ming 80 nafari kasb va tadbirkorlikka o‘qitildi.
43 ta o‘zbek diasporasi va 2 ta vatandosh bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Shundan:
- 32 tasi Rossiya Federatsiyasi;
- 6 tasi Qozog‘iston;
- 1 tasi Qirg‘iziston;
- 1 tasi Yaponiya;
- 1 tasi Ukraina;
- 1 tasi Portugaliya;
- 1 tasi Tailand;
- 1 tasi AQSh;
- 1 tasi Fransiya.
Ma’lum qilinishicha, 362 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar Vatanga qaytarildi.
55 nafar fuqaro Rossiya Federatsiyasi IIVning vaqtinchalik saqlash markazlaridan vatanga qaytarildi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.01.2025
Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov
10:37 / 09.01.2025
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
20:22 / 08.01.2025
Xitoy Rossiyaning maxfiy floti uchun portlarni yopmoqda – OAV
19:23 / 08.01.2025