O‘zbekiston | 20:51 / 29.07.2022
18286
2 daqiqa o‘qiladi

«Kengayishning ikkinchi to‘lqini» – ShHT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan reportaj (foto+video)

29 iyul kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek ShHT oliy martabali amaldorlari qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari umumiy suratga tushish marosimida.

Ushbu tadbir sentabr oyida O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida tashkil qilingan eng muhim tadbirlar biri – ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidir.

Kun.uz muxbirlari ushbu tadbirdan fotoreportaj taqdim qilmoqda.

Chapdan: Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov, vazir v.b. Vladimir Norov va O‘zbekistonning ShHT bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov.
 Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
 Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I. 
Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy.
O‘ngdan Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar va delegatsiya a’zosi.
 Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin.
Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jyeenbek Kulubayev. Foto: TIV matbuot xizmati
ShHT bosh kotibi Chjan Min.
Rossiya va O‘zbekiston TIV rasmiy vakillari Mariya Zaxarova va Yusufbek Qobiljonov Vladimir Norov bilan suhbatlashmoqda.

Tadbirning kirish qismidan so‘ng asosiy masalalar yopiq eshiklar ortida muhokama qilindi.

TIV xodimlari bayroqlar o‘rnini diplomatik protokol qoidalariga moslashtirmoqda.

Tadbir milliy va xorijiy OAVlar tomonidan ham keng yoritib borildi.

Farrux Absattarov

Rasmlar muallifi va montaj ustasi — Muhiddin Nido

Mavzuga oid