O‘zbekiston | 13:00 / 22.08.2022
8010
4 daqiqa o‘qiladi

“thyssenkrupp Mining Technologies GmbH” O‘zbekistondagi doimiy xizmat ko‘rsatish muassasasini ochdi

Foto: thyssenkrupp Mining Technologies GmbH

Nemis konserni bo‘lgan thyssenkrupp kon departamentining tantanali ochilish marosimida Germaniyaning Toshkentdagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner, thyssenkrupp Mining Technologies'ning Germaniya va MDHdagi hamkorlari hamda vakillari ishtirok etdi. 

thssenkrupp Mining Technologies tog‘-kon sanoati uchun uzluksiz qazib olish, maydalash, yer ustida tashish, zaxiralarni yig‘ish va pirometallurgiya uskunalarini loyihalash ishlari bo‘yicha dunyoda tan olingan yetakchi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoga 17 500dan ortiq qurilma va jihozlarni yetkazib bergan.

Ochilish marosimining avvalida Elchi doktor Tilo Klinner va thyssenkrupp Mining Technologies'ning Yevropa va Osiyodagi vitse-prezidenti doktor Reza Purvash ramziy qizil lentalarni kesishdi hamda kirish nutqini so‘zlashdi.

Foto: thyssenkrupp Mining Technologies GmbH

Doktor Reza Purvash o‘z chiqishida “O‘zbekistondagi tog‘-kon sanoatini rivojlantirish va mahalliy quvvatlardan foydalanish, xususan, mahalliy material va xizmatlar yetkazib beruvchilarni kerakli infrastrukturalar bilan ta’minlash, tog‘-kon sanoati sohasida jahon darajasidagi natijalarga erishishda o‘zaro manfaatli aloqalar va uzoq muddatli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish kabilarning guvohimiz”, deya ta’kidlab o‘tdi.

“O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar misolida nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy natijalar, balki barqaror rivojlanishga ham erishilganini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekistonda temir rudasi loyihasida jahonda birinchi marta amalga oshirilayotgan 4 dona hajmdagi silliqlash sohasidagi muhandislik nou-xau - innovatsion vertikal tegirmon Veliks esa uzoq vaqt davomida butun dunyo bo‘ylab mijozlar uchun xizmat qiladi”, - deydi thyssenkrupp Mining Technologies'ning MDH bo‘yicha hududiy direktori janob Roman Karl.

Foto: thyssenkrupp Mining Technologies GmbH

Jurnalistlar bilan muloqot davomida janob Roman Karl O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. 

“Biz jamoamizni yanada kengaytirmoqchimiz. Bugungi kunda 3 nafar xodimimiz bor, ammo ishonamanki, yaqin kelajakda ular sonini 15-20 nafarga yetkazamiz. Barcha mutaxassislarimiz mahalliy aholi vakillari. Kompaniyaning MDH mamlakatlaridagi muassasasi tajribasini inobatga olgan holda shuni ta’kidlash joizki, mahalliy xizmat ko‘rsatuvchi muhandislar o‘z tajribasi bilan bo‘lishish va Yevropa standartlari bo‘yicha uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish darajasiga yetgan. Bu ko‘rsatkichlarga Germaniyadan kelgan muhandislar bilan tajriba almashish va yaqin hamkorlik orqali erishildi”, - deydi u.

Kompaniya mahalliy mijozlarga texnologiya va asbob-uskunalarni yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yechimlar va joyida o‘qitish, ehtiyot qismlar yetkazib berish va boshqarish, shuningdek, barcha turdagi maxsus yordam ko‘rsatish, hamda uskunani o‘zgartirish kabi jarayonlarni optimallashtirishni, 24/7 doimiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirgan. “thyssenkrupp Mining Technologies GmbH” doimiy muassasasi direktori Dilmurod Isakulov “O‘zbekistondagi jamoamiz 200 yildan oshgan dunyodagi eng yirik thyssenkrupp konsernining bir qismi ekanligidan juda ham mamnunmiz va mamlakatimizning tog‘-kon sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar katta mas’uliyat ham yuklaydi”, - deydi.

Germaniyaning Toshkentdagi Favqulodda va muxtor elchisi doktor Tilo Klinnerga, hamkorlar va thyssenkrupp Mining Technologies'ning Germaniyadagi va MDH davlatlaridagi barcha jamoasiga loyihani rivojlantirishning barcha bosqichlarida va ofisimizning ochilishida qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman. Biz tarixni yaratamiz, jarayonlardan zavqlanamiz va muvaffaqiyatli natijalarga intilamiz”.

Reklama