O‘zbekiston | 18:15 / 24.08.2022
13124
2 daqiqa o‘qiladi

Kamoliddin Babayev EMU universiteti tashqi ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Kamoliddin Dadajanovich Babayev EMU universiteti tashqi ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. EMU universiteti rektori, professor Gaybullayev Asilbek Asadovich bu borada tegishli buyruqni imzoladi.

Foto: EMU universiteti

Ma’lumot uchun, Kamoliddin Babayev 2007-2014 yillar Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida bakalavr, 2014-2017 yillar shu institutda magistrlik maqomini olish uchun tahsil olgan. 45 dan ortik ilmiy-amaliy nashrlar va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Istambul Universiteti, Dubay tibbiyot koleji, Birlashgan Arab Amirliklari salomatlik maskani va Turkiyaning Uzgulik tibbiyot klinikasida malaka oshirgan.

  Kamoliddin Babayev 2019-2020 yillar oralig‘ida “MDS” ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasida bosh shifokor, 2019 yilda “Doctor K" salomatlik markaziga asos solib va hozirgi kunga qadar markaz rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

  Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 23 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, shuningdek, 2021 yil 28 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan №0028 litsenziya asosida xususiy tibbiyot universiteti tashkil etildi. U xalqaro standartlarga javob beradigan amaliyot bilan yaqin integratsiyada tashkil etilgan ta’lim jarayoniga, o‘zining rivojlangan infratuzilmasiga va shaxsiy zamonaviy klinik bazasiga ega.