“Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Foydalanilmayotgan obektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha: mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi; soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
2022 yil 1 iyuldan farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq kelgusi to‘lovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.
1 iyuldan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obektlariga hamda ushbu obektlar bilan band yerga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilingan.