Jahon | 10:43 / 17.09.2022
11943
3 daqiqa o‘qiladi

Tallindagi NATO harbiy qo‘mitasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilyapti

Estoniya prezidenti NATO harbiy qo‘mitasi konferensiyasi ochilishida Kiyevni yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Agar Ukrainadagi mojaro muzlatilsa, u Yevropa yuragidagi yiringli yara bo‘lib qoladi, deydi Alar Karis.

Foto: Reuters

Estoniya poytaxtida NATO harbiy qo‘mitasi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu formatning asosiy vazifalaridan biri - Madriddagi NATO sammitida kelishilgan qarorlarni amalga oshirish. Estoniya prezidenti Alar Karis 16 sentabr, juma kuni forum ochilishida so‘zlagan nutqida Ukrainadagi vaziyatga to‘xtalib, Rossiya agressiyasiga qarshi Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga chaqirdi.

«Hozir - Ukraina jang maydonida birinchi muvaffaqiyatlarni rivojlantirishda davom etishiga ko‘mak ko‘rsatish vaqti», dedi Karis. «Hammamiz bilamizki, urush tugashiga hali ancha bor. Bu nima bo‘lishidan qat’iy nazar harbiy yordamni davom ettirishimiz kerakligini anglatadi. Ukraina muvaffaqiyatlaridan foydalanmaslik katta xato bo‘ladi», - dedi Estoniya davlati rahbari.

Uning fikricha, agar Ukrainadagi mojaro muzlatilsa, u Yevropa yuragidagi yiringli yara bo‘lib qoladi. «U bizga yillar davomida Rossiya bilan qarama-qarshilik siklidan chiqib ketishga to‘sqinlik qiladi», dedi Alar Karis. «Yevropa xavfsizligi va barqarorligi nuqtayi nazaridan, Rossiyaga qarshi eng samarali strategiya hali ham iqtisodiy, siyosiy va harbiy choralarni cheklashdir», dedi Karis.

Estoniyadagi yig‘ilishda Iroqdagi qurolli kuchlar uchun NATO instruktorlarini tayyorlash (NATO Mission Iraq, NMI) va Kosovoda xavfsizlikni ta’minlash uchun Alyans boshchiligidagi mas’ul xalqaro kuchlar (KFOR) faoliyati bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Finlandiya va Shvetsiya mudofaa vazirlari Antti Kaykkonen va Peter Xultkvist bu yil ilk bor taklif etilgan mehmon sifatida konferensiyada ishtirok etmoqda. Forum 18 sentabrga qadar davom etadi. Yig‘ilishga NATO harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer raislik qilmoqda. 

Harbiy qo‘mita yiliga ikki marta NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida mudofaa vazirliklari rahbarlarining yig‘ilishlari uchun yig‘iladi, yiliga bir marta konferensiya alyans davlatlaridan birida o‘tkaziladi. 

Forum Shimoliy atlantika kengashiga global xavfsizlik muammolariga qanday javob berish bo‘yicha konsensusga asoslangan harbiy maslahatlar beradi. Harbiy qo‘mita ishini NATO shtab-kvartirasidagi mamlakatlarning doimiy harbiy vakillari ta’minlaydi. Uning tarkibiga alyansga a’zo 30 ta davlat shtab boshliqlari kiradi. 

NATOning iyun oyi oxirida Madridda bo‘lib o‘tgan sammitida alyans a’zolari Litvada joylashgan NATO xalqaro batalonini Germaniya boshchiligidagi kattaligi 3000-5000 askardan iborat brigada bo‘linmasigacha kengaytirishga kelishib oldi. 

Litvada, shuningdek, Boltiqbo‘yi boshqa davlatlari va Polshadagi NATO xalqaro batalonlari 2017 yilda Rossiya Qrimni annexia qilganidan keyin mintaqada xavfsizlik xavotirlari kuchaygan sharoitda joylashtirilgan edi. 

Mavzuga oid