15:28 / 13.10.2022
10493

Shavkat Mirziyoyev va Bag‘dod Amreyev Samarqand sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi

Bugun Ostona shahrida o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Keyingi yillarda tashkilot doirasidagi muloqot faollashib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani qayd etildi.

Joriy yil noyabr oyida Samarqandda bo‘ladigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jihatlari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari majlisi arafasida kun tartibini hamda savdo, investitsiya, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va gumanitar almashinuv bo‘yicha ko‘p tomonlama hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida vazirlar darajasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. 

Tashkilot sammitini puxta tayyorlash uchun ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Mavzu
Samarqandda Turkiy davlatlar sammiti
11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi tashkillashtirildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top