Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident «xorijliklar oldida uyalib qolayotgan» tadbirkorning muammosiga yechim berdi
Qiymati 100 ming dollargacha bo‘lgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha qonunchilik xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida ularni qiynayotgan muammolarni tingladi.
«Green White Solutions» korxonasi rahbari Abduqahhor Toshmuhamedov uchrashuvda videoaloqa orqali bog‘lanib, «qizil», «sariq» va «yashil» yo‘lakchalar bekor qilinayotganidan xursandligini bildirdi.
«Korxonamiz 2012 yil yanvar oyidan beri IT mahsulotlarini yaratib, O‘zbekiston va boshqa 9 ta xorijiy davlatga sotib keladi. Bugungi kunda tashkilotimizda 87 ta mutaxassis faoliyat olib boradi. Meni xursand qiladigan jihat, «qizil», «sariq» va «yashil» yo‘lakchalar bekor qilinayotgani bo‘ldi. Mijozlarimiz savdo kompaniyalari bo‘lgani sababli har doim «qizil» yo‘lakka tushib qolaverardik. Bu bizni xafa qilardi», dedi u.
Davlat rahbari bugungi kunda IT sohasida hal qilinishi kerak bo‘lgan qanday muammolar borligini so‘radi. Tadbirkorning ta’kidlashicha, amaldagi ichki qonunchilik normalari xalqaro tashkilotlar bilan ishlashda qiyinchilik tug‘dirmoqda.
«Hozirda G‘arb mamlakatlariga o‘z mahsulotlarimizni eksport qilayotganda ular bizdan shartnomalarni rasmiylashtirishda nega xalqaro platformalardan foydalanmasligimizni so‘rashadi. Qonunchilikni o‘rganib chiqqanimizda, bu borada huquqiy asoslar yetarli emasligiga guvoh bo‘ldik.
Xalqaro platformada rasmiylashtirilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazayotganimizda tijorat banklari va soliq organlarida qiyinchilikka duch kelyapmiz. Agar shu bo‘yicha ham yechim berilsa, o‘ylaymanki, ishimiz ancha osonlashardi.
Har oy mijozlardan oladigan pulni o‘zimizning ichki platformaga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘p vaqtimiz ketyapti. Bugungi kunda 700 ga yaqin xorijiy hamkorlarimiz bor, ularning har biri bilan ichki tizimda alohida ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda», degan Toshmuhamedov.
Prezident qiymati 100 ming dollargacha bo‘lgan xalqaro shartnomalarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro platformadan foydalanishni ko‘zda tutuvchi qonun yaratish kerakligini aytdi.
«Tadbirkorlarimizning hamkorlari O‘zbekiston ushbu sohada rivojlandi, nimaga qonunchilik o‘zgarmayapti, demoqda. Bu savol ham bizning kun tartibimizga qachondir chiqishi ayon edi, shu bilan bizning qonunlarimiz ham o‘zgaradi va sizlarga sharoit yaratib beramiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

22:58 / 30.12.2024
FT: Xitoy hukumati biznesmenlarni hibsga olish to‘lqinini to‘xtatishga urinmoqda

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024