Jahon | 16:17 / 27.10.2022
22124
4 daqiqa o‘qiladi

Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari. Urush suratlari

Rossiya «Grom» strategik yadroviy kuchlari mashg‘ulotlarini o‘tkazdi, bu joriy yildagi ikkinchi shunday mashg‘ulot. Dmitriy Peskov urushga safarbar qilinganlar uchun zarur anjomlar yetishmayotganini tan oldi, lekin «vaziyatni to‘g‘rilash uchun shoshilinch choralar ko‘rilayotgani»ni ma’lum qildi. «Tayga.info» nashri yozishicha, Sibir regionidan safarbar qilinganlarning deyarli yarmining oilasi bazo‘r tirikchilik qiladi. Rossiyada safarbar qilingan shaxsga nisbatan qochish bo‘yicha birinchi ish ochildi. Polsha Senati Rossiya Federatsiyasi hukumatini «terrorchi rejim» deb e’lon qildi. Anneksiya qilingan «DXR» hududidagi Shaxtyorsk shahri meri Aleksandr Shatov Ukraina qurolli kuchlari shaharni o‘qqa tutgani haqida ma’lum qildi. Shaharda neft baza, yonilg‘i baklari, xususiy turar joy binolari va avtovokzal binosi yonib ketdi. 

Quyida 26 oktyabr, urushning 245-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblastining Tsupivka qishlog‘ida qolgan yagona odam

Xarkiv oblasi Tsupivka qishlog‘idagi temiryo‘l yonida majaqlangan mashina. Tsupivka urushning ilk kunlaridayoq bosib olingan, bahor oxiri va yoz boshida qishloq uchun shiddatli janglar kechgan. Xarkiv oblasti ma’muriyatiga ko‘ra, Ukraina kuchlari 15 sentabr kuni Tsupivkani ozod qildi.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Devorda «Stop zloy zampolit» (Yovuz siyosatchini to‘xtating) yozuvi
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan uyda derazalar o‘rni eshik bilan yopilgan
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
65 yoshli Mixaylo Yurkov olti oy davomida bunkerda yashirinib yotgan. Jang vaqtida Tsupivkadagi Tatarka daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik vayron bo‘lgach, posyolka ikkiga bo‘lindi. Yurkov posyolkaning ikkinchi qismida yolg‘iz qolib ketgan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Mixaylo Yurkov olti oy bunkerda yashaganidan so‘ng uyiga qaytib keldi. Otishma paytida uy jiddiy shikastlangan, shuning uchun Mixaylo stulni ovqatlanadigan stol sifatida ishlatib turibdi.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Mixaylo Yurkov Tsupivka ozod qilinguniga qadar olti oy davomida o‘zi yashirinib yotgan bunker eshigini ochmoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Tsupivka qishlog‘ida vayron bo‘lgan uy yonidagi yakson etilgan harbiy yuk mashinasi
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina shaharlarida elektr o‘chishi

Dnepr shahridagi ko‘prik. Rossiyaliklar zarbalari (asosan 10 oktyabr kungi) vaqtida shikastlangan energetika infratuzilmasini tiklash maqsadida Ukraina hukumati butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasini bir necha soatga uzib qo‘yishga qaror qildi. Shaharlarda ko‘chalarni yoritish cheklanmoqda.
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevdagi bar
Dneprdagi bar
Odessa aholisi mobil telefonlar chirog‘i bilan yo‘lni yoritmoqda

Donetsk yaqinidagi neft bazada yong‘in 

Donetsk oblastining Shaxtyorsk shahridagi neft baza atrofida turgan o‘t o‘chiruvchi. «DXR» ma’muriyatiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari hujumi oqibatida neft baza yonib ketgan. Yong‘in yonilg‘i baklariga, keyin esa xususiy turar joy binolari va avtovokzal binosiga o‘tgan.
Ilfat Kinzyabayev / TASS
Shaxtyorskdagi neft bazada chiqqan yong‘inni o‘chirish jarayoni. Vokzal atrofidagi uylar aholisi evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.
Valentin Sprinchak / TASS

Mavzuga oid