Jahon | 14:42 / 08.11.2022
30461
6 daqiqa o‘qiladi
Ukrainlarning Donetskka HIMARS bilan zarba berishi, Kiyevda harbiy o‘ljalar sotilayotgan do‘kon. Urush suratlari
Urushning 257-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
- Amerikaning Maxar kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida Mariupol yaqinida 1500 dan ortiq yangi qabrlarni aniqladi (urush boshidan buyon ekspertlar shahar va uning atrofida harbiy harakatlar chog‘ida halok bo‘lgan 4600 dan ortiq kishi qabrini aniqlagandi).
- Rossiya tomoni Ukraina qurolli kuchlari «Donetsk temiryo‘llari» ma’muriyati binosini o‘qqa tutganini ma’lum qildi, jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
- Vladimir Putin safarbar qilinganlarning 80 mingdan ortig‘i frontga yuborilganini ma’lum qildi, ulardan 50 mingdan ortig‘i harbiy harakatlarda ishtirok etishni boshlagan.
- Xerson oblastining annexia qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat «Dneprning o‘ng sohilidan fuqarolarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlangani»ni ma’lum qildi.
- Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojyemyako Tinch okeani floti dengiz piyodalari 155-alohida gvardiya brigadasi Ukrainada katta yo‘qotishlarga uchragani haqidagi xabarga munosabat bildirib, prokuraturadan bu ma’lumotni tekshirishni so‘radi. Rossiya mudofaa vazirligi 155-brigadaning Ukrainadagi yo‘qotishlari xabarlarda aytilganidek katta emasligini ma’lum qildi.
- Ukraina razvedkasi Rossiya urush davomida zamonaviy raketalari zaxirasining 80 foizini sarflab yuborganini xabar qildi.
- Ukrainaga Norvegiya va Amerika hamkorligida ishlab chiqarilgan NASAMS zenit-raketa komplekslari va ispanlarning Aspide tizimlari yetib keldi.
Quyida 7 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donetsk temiryo‘llari ofisiga zarba
Limanda turar joy binosiga hujum
Front chizig‘idagi Avdeyevkadagi kundalik hayot
Kiyevda urushdagi o‘ljalar sotilayotgan do‘kon
Mavzuga oid
13:26 / 19.09.2024
«Bu ish bermaydi» - Olaf Shols Ukrainada tinchlikka erishish yo‘llari haqida bayonot berdi
11:40 / 19.09.2024
Germaniya Ukraina harbiylarining davolanishi uchun yana 50 mln yevro ajratadi
20:06 / 18.09.2024
Dronlar Tver oblastiga hujum qildi. U yerda raketa arsenali joylashgan
12:40 / 18.09.2024