02:21 / 07.12.2022
19901

JCh-2022. Portugaliya Shveytsariyaga 6ta gol urib, chorakfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi

Foto: FIFA

Jahon chempionatida 1/8 final bahslari yakunlandi. 

So‘nggi o‘yinda Portugaliya Shveytsariyani tor-mor keltirdi. Ronaldu o‘rniga asosiy tarkibda maydonga tushgan 21 yoshli hujumchi Gonsalu Ramush het-trikka erishgan bo‘lsa, Pepe, Gerreyru va Leau ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Yagona javob to‘pini Akanji kiritdi.

E’tiborlisi, Ramush ushbu mundialdagi birinchi het-trik muallifiga aylandi.

Shu tariqa chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi: 

9 dekabr
20:00. Braziliya — Xorvatiya
00:00. Niderlandiya — Argentina

10 dekabr
20:00. Marokash — Portugaliya
00:00. Fransiya — Angliya

JCh-2022. 1/8 final
Portugaliya — Shveytsariya 6:1

6 dekabr, «Lusayl»
Gollar: Ramush (17, 51, 67), Pepe (33), Gerreyru (55), Leau (90+2) — Akanji (58).
Portugaliya – Koshta, Dalot, Pepe, Diash, Gerreyru, Karvalyu, Otavio (Vitinya, 74), Silva (Nevesh, 81), Fernandesh (Leau, 87), Felish (Ronaldu, 73), Ramush (Orta, 74).
Shveytsariya – Zommer, Rodriges, Sher (Jyemert, 46), Akanji, Fernandesh, Vargas (Okafor, 66), Jaka, Froyler (Zakariyo, 54), Sou (Seferovich, 54), Shakiri, Embolo (Yashari, 89).
Ogohlantirishlar: Sher (43), Jyemert (59).

Top