Ilk bor ötkazilayotgan Millatlar ligasi final bosqiçi Portugaliyada ötadi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati ma'lum qildi.

17 noyabrda Portugaliya termasi Italiya bilan 0:0 hisobida durang natija qayd qilib, öziga A liganing 3-guruhida 1-örinni va musobaqaning final bosqiçiga yöllanmani ta'minladi.

“Mart oyida final bosqiçni ötkazişga Polşa, Portugaliya va Italiya qiziqiş bildirgandi. Bu davlatlar termalari A liganing 3-guruhiga tuşgani sababli, bu musobaqani avtomatik ravişda guruh ğolibi ötkazişini anglatar edi”, deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanişiça, UYeFA ijroiya qömitasi Portulagiyani musobaqa mezboni sifatida 3 dekabrda Dublindagi uçraşuvda tayinlaşi kerak. Şu kuni final bosqiçga qur'a taşlaş bölib ötadi. Portugaliya bilan final bosqiçda A liganing boşqa 3 ta guruhi ğolibi iştirok etadi. Musobaqani ötkaziş uçun Portudagi “Dragau” va Gimaraynşdagi “Afonsu Enrikeş” stadionlari taklif qilingan.

“Dragau” stadioni
Foto: AP Photo/Paulo Duarte

Millatlar ligasi UYeFAning yangi musobaqasi bölib, örtoqlik uçraşuvlari örnini bosişga möljallangan. Jamoalar 4 ta liga – A ligadan (eng kuçlisi) va D ligagaça (eng böşi) taqsimlangan. Har bir ligada iştirokçilar guruhlarga bölingan. A liga guruhi ğoliblari yarimfinalga çiqib, musobaqaning boş sovrini uçun kuraşadi. Qolgan ligalar ğoliblari sinfi oşiriladi, oxirgi örinlarni egallaganlarning sinfi pasaytiriladi. Şuningdek, musobaqa iştirokçilari 2020 yil Yevropa çempionati uçun qöşimça yöllanmalar uçun kuraşadilar.    

Yarimfinallar 5 va 6 iyunda, 3-örin uçun va final bahsi 9 iyunda bölib ötadi.