Jahon | 16:15 / 14.12.2022
12132
6 daqiqa o‘qiladi

Baxmut uchun non yig‘ayotgan ko‘ngillilar, Donbassda o‘qqa tutilayotgan shaharlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 293-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi rossiyalik harbiylarga dronlarga taslim bo‘lishni taklif qildi va buni qanday amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qildi;
  • Buyuk Britaniya Rossiya armiyasi qo‘mondonligi tarkibining 12 nafar vakiliga qarshi sanksiyalar qo‘lladi. Eronning Mado konserni ham sanksiyalar ostiga tushgan — bu RF armiyasi Ukrainaga hujumlar amalga oshirishda foydalanayotgan Shahed-136 dronlari uchun dvigatellar ishlab chiqaruvchisidir;
  • Belarus mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlikning to‘satdan tekshirilishini e’lon qildi. Ammo Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti hisoblashicha, Belarus yaqin vaqtlar ichida Rossiya yurishiga qo‘shilishi ehtimoli yo‘q;
  • NLB guruhining «ukrainaparast» hakerlari «Moskovskaya elektronnaya shkola» ma’lumotlar bazasini buzib kirganini e’lon qildi va ijtimoiy tarmoqqa uch milliondan ortiq telefon raqamlarini tarqatib yubordi. Moskva axborot texnologiyalari departamenti «e’lon qilingan materiallar haqiqiy foydalanuvchilarga aloqador emasligi»ni ma’lum qildi. Shu bilan birga, «Moskovskaya elektronnaya shkola»ning bir qancha foydalanuvchilari nashr etilgan ma’lumotlar bazasida o‘z ma’lumotlarini uchratishgan;
  • Reuters va Britaniyaning RUSI tahlilchilari tekshiruvida ma’lum bo‘lishicha, urush boshlanganidan buyon Rossiya sanksiyalarni aylanib o‘tgan holda Turkiya, Hongkong va Estoniyadagi kompaniyalar orqali elektronika va yarimo‘tkazgichlar yetkazib berish hajmini oshirgan.

Quyida 13 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutdagi hayot

Baxmutlik kishi tankka qarshi to‘siqlar oralab velosipedda harakatlanmoqda. Rossiya qo‘shinlarining faol harbiy harakatlariga qaramay, Ukraina qurolli kuchlari Baxmut mudofaasini tutib turibdi. Shahar Rossiya uchun muhim ahamiyatga ega. Harbiy ekspert Oleg Jdanovning hisoblashicha, Baxmut egallansa, Vladimir Putin yangi safarbarlik to‘lqini haqida e’lon qilishi mumkin.
Chris McGrath / Getty Images
Baxmutning tinch aholisi uchun non yig‘ayotgan ko‘ngillilar
Diego Herrera Carcedo / An​adolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut aholisi gumanitar yordam uchun navbatda. Oktyabr oyida Donetsk oblasti gubernatori Pavel Kirilenko Baxmutning urushga qadar yashagan 70 minglik aholisining 90 foizi shahardan qochib ketishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Diego Herrera Carcedo / An​adolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutlik ayol o‘tin sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan shox-shabbalarni yig‘moqda
Chris McGrath / Getty Images
Baxmut atrofida tanklarda ketayotgan ukrain harbiylari
Chris McGrath / Getty Images
Baxmutdagi oziq-ovqat do‘konlaridan birining sotuvchisi. Shaharda elektr, suv va issiqlik ta’minoti yo‘q
Chris McGrath / Getty Images

Havo trevogasi chog‘ida metroga yashiringan kiyevliklar 

Kiyev aholisi havo trevogasi chog‘ida metroga yashirinmoqda — so‘nggi vaqtlarda har kuni butun Ukraina bo‘ylab havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar chalinmoqda.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

«LXR» hududida ukrain askarlari jasadlari eksgumatsiyasi

Luhanskdan taxminan 70 kilometr masofadagi Novotoshkovskoye posyolkasida Ukraina qurolli kuchlari qoldirib ketgan pozitsiyani tekshirish chog‘ida sapyorlar va Rossiya IIV politsiyasi kriminalistlari olti nafar ukrain harbiysi jasadini aniqlashdi. Ukraina tomoni bilan kelishuvga ko‘ra, kelgusida jasad qoldiqlari RF qurolli kuchlari va «LXR» Xalq militsiyasi jangchilari jasadlariga almashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Aleksandr Reka / TASS
Aleksandr Reka / TASS
Aleksandr Reka / TASS

Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari 

12 va 13 dekabr kunlari Donetskdan taxminan 50 kilometr masofadagi Horlivka o‘qqa tutilgan. «DXR»ning Rossiya ta’siridagi hukumati hujumda Ukraina qurolli kuchlarini ayblagan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Horlivkada otishmalar vaqtida shikastlangan turar joy hududini tozalayotgan ishchilar
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Horlivkalik ayol otishmalar chog‘ida shikastlangan kvartirasida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Rossiyaliklarning 13 dekabr kungi zarbalaridan shikastlangan Xalqaro ilmiy-texnika universiteti tomidagi ukrain harbiylari. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning ma’lumotiga ko‘ra, oliy o‘quv yurti binosidan tashqari, Kramatorskda sanoat korxonalari ham vayron bo‘lgan. Qurbonlar haqida xabar berilmagan.
Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA
Universitet binosiga kirish joyida deraza siniqlari
Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari universitetning vayron bo‘lgan binosi tomidan Starlink qurilmasini yechib olmoqda
Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA
Universitet auditoriyalaridan biridagi interer
Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA
Universitet hovlisining ko‘rinishi
Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid