O‘zbekiston | 11:11 / 24.12.2022
4593
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Mo‘jizalar davri» 21–yillik xayriya yarmarkasi o‘tkazildi

«Mo‘jizalar davri» Markaziy Osiyodagi yagona platforma bo‘lib, u nogironligi bor yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.

23 dekabr kuni Toshkentda «Mo‘jizalar davri» 21 yillik xayriya yarmarkasi o‘tkazildi. Unda Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari Nusratilla Zikrillayev, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va bir nechta mahalliy va xorijlik ekspertlar,100 dan ortiq ko‘ngillilar va nogironligi bor bolalar manfaatiga qaratilgan kompleks dasturlarni amalga oshiruvchi 20 dan ortiq tashkilotlar ishtirok etgan.

«Mo‘jizalar davri» platformasi O‘zbekiston Ko‘ngillilar uyushmasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi kabi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, biznes sohasi vakillarini ezgu maqsad yo‘lida birlashtirmoqda. Bizning ham ijobiy o‘zgarishlarning bir qismiga aylanishimiz, ezgu loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishimiz juda muhimdir», – deya Abduhakimov so‘zini o‘qib eshittirdi vazir o‘rinbosari.

Yarmarkada 400 nafar bola tomonidan 2000dan ortiq ijod namunalari: rasmlar, otkritkalar, yumshoq o‘yinchoqlar, zardo‘zlik, batik, munchoq, kashtachilik, zargarlik buyumlari kabilar namoyish qilingan. Ko‘rgazmadan tushgan mablag‘lar bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mas’ul ishtirokchi tashkilotlarga ajratiladi.

Ma’lumot uchun, «Mo‘jizalar davri» Xayriya yarmarkasi 2003 yildan buyon har yili ko‘ngillilar tashabbuskor guruhi tomonidan o‘tkaziladi. 2020 yilda O‘zbekiston ko‘ngillilar uyushmasi tashkil etilishi bilan yana davom ettirilgan. Hozirgacha «Mo‘jizalar davri» loyihasi 4500dan ortiq ko‘ngillilarni birlashtirgan.

Mavzuga oid