Jahon | 19:03 / 07.01.2023
10895
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda mast holatda «avariya» sodir etganlar qurbonlarning farzandlariga aliment to‘laydi

Qo‘shma Shtatlar shu tarzda transport vositasini mast holatda boshqaradiganlarga qarshi kurashmoqchi.

Foto: AP

AQShning Kentukki shtati senatorlari tomonidan yangi qonun qabul qilindi: endi mast holatda transport vositasini boshqarib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan shaxs qurbonlarning yetim qolgan farzandlariga aliment to‘lashi shart bo‘ladi. Shunga o‘xshash qonun Tennessi shtatida allaqachon amal qilmoqda.

Qonunchilar «Bentli qonuni» deb nomlangan qarorni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Endi hujjat imzolash uchun shtat gubernatoriga yuboriladi, biroq ekspertlar bunda hech qanday muammo bo‘lmasligini va gubernator Endi Beshir qonunni ikkilanmasdan imzolashini aytishmoqda.

Hujjat besh yoshida ota-onasidan ayrilgan Bentli ismli bola sharafiga nomlangan. Uning otasi va onasi 2021 yilda mast haydovchi aybi bilan sodir qilingan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan. Yetim qolgan bolani esa buvisi tarbiyalashga majbur bo‘lgan.

Qonun kuchga kirgandan keyin baxtsiz hodisada vafot etgan shaxsning voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, voqea sodir etgan shaxs mast holatda bo‘lsa, u bunday bolalarga 18 yoshga to‘lgunga qadar aliment to‘lashi shart bo‘ladi.

Mavzuga oid