Jahon | 14:40 / 23.04.2023
24581
9 daqiqa o‘qiladi

Dniproda yangi qazilgan qabrlar, Donetsk oblastida o‘lja qilingan texnikalar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 423-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorodda 20 aprel kuni Rossiya harbiy samolyotidan snaryad tushib ketgan joyda aviabomba topildi. Operativ xizmatlar 17 ta ko‘p kvartirali uy aholisini evakuatsiya qildi va yer ostidagi snaryadni olib chiqdi. Uni keyin poligonda portlatishgan.
  • Volodimir Zelenskiy Rossiyani «yuksaltiradigan, abadiylashtiradigan, targ‘ib qiladigan yoki simvollashtiradigan» geografik obektlarga nom berishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, Zelenskiy Rossiya bilan aloqador bo‘lgan 40 nafar jismoniy va 300 dan ortiq yuridik shaxslarga sanksiya qo‘llagan.
  • Rossiya Moskvada ishlayotgan taxminan 90 nafar nemis diplomatlaridan 34 nafarini chiqarib yubordi. Rossiya TIV bu qadamni Germaniyadan rossiyalik diplomatlar «yoppasiga chiqarib yuborilgani»ga javob bo‘lganini ma’lum qildi.
  • Yevgeniy Prigojin Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov undan o‘z o‘g‘lini «Vagner»ga qabul qilishni so‘ragani — va u hozirda «oddiy artilleriyachi sifatida ishlayotgani»ni aytdi.
  • Albaniya bu yozda RF fuqarolari uchun vizasiz rejim qo‘llamaydi, avvalgi yillarda shunday rejim amal qilgandi.

Baxmut uzra tutun. Ukraina qo‘shini shahar mudofaasini davom ettirmoqda

Shahar uchun jang to‘qqizinchi oydirki davom etmoqda. Bu yerda Ukraina tomoni hozircha inqirozli holatni ortda qoldira olmadi: Ukraina QK shaharning faqat g‘arbiy kvartallarini nazorat qilmoqda, bu hududdagi garnizon ham qurshovga tushish xavfi ostida.

21 aprel kuni «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin shahar to‘liq qurshovga tushgani haqida gap yo‘qligi va uning uchun «og‘ir janglar» davom etayotganini ma’lum qildi. Avvalroq Prigojin shaharning 80 foiz hududi Rossiya bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinayotganini aytgandi. Ukraina mudofaa vaziri Anna Malyar esa Rossiya armiyasi hujumlarni davom ettirayotgani, «ayrim uchastkalarda ilgarilayotgani», ammo vaziyat «nazorat ostida qolayotgani»ni aytgan.

Baxmutning hozirgi ko‘rinishi shunday. 22 aprel kuni Rossiya mudofaa vazirligi RF armiyasi Baxmutning uchta kvartali egallangani (svodkada bular qaysi kvartallar ekaniga aniqlik kiritilmagan) haqida xabar berdi. Ukraina tomoni hozircha bu ma’lumotga munosabat bildirmadi. Ukraina QK bosh shtabi tasdiqlashicha, ukrain qo‘shini rossiyaliklarning hujumlarini qaytarmoqda.
Ukraina QK «Xolodnyy Yar» nomli 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Otishmalar vaqtida shikastlangan uylar oldidagi ukrain harbiysi
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya qo‘shinlari zarbalari oqibatida shikastlangan kvartira
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK 57-motopiyodalar brigadasi askarlari minomyotdan o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Otishmalar vaqtida yerto‘lada yashiringan ukrain harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK piyodalar zirhli mashinasi (BMP) Baxmutga olib boruvchi yo‘lda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Chasiv Yardagi hayot 

Chasiv Yarda yashovchi 49 yoshli Volodimir tushlik tayyorlash uchun o‘t qalamoqda. Chasiv Yar Baxmutdan 13 kilometr g‘arbda joylashgan. Ukrainaning Baxmutdagi qo‘shini ta’minot yo‘llaridan biri shu yerdan o‘tadi, shuning uchun rossiyalik harbiylar shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Chasiv Yarda turar joy binolaridan biridagi vayrongarchiliklar
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Chasiv Yarda yashovchi keksa ayol «yengilmas punktda» — Ukrainada odamlar yegulik va suv olib, isinishi hamda gadjetlarini quvvatlashi uchun maxsus jihozlangan joylar shunday ataladi.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Chasiv Yar atrofida tankda ketayotgan ukrainalik jangchilar
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
«Yengilmas punkt»da o‘tirgan chasiv yarlik ayol
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Izyumdagi vayrongarchiliklar 

Izyumdagi vayron bo‘lgan uylardan biridagi xona — Xarkiv oblastidagi bu shahar 2022 yil aprelidan sentabriga qadar Rossiya okkupatsiyasi ostida yashagan. Bu vaqtda Izyum amalda to‘liq vayron bo‘lgan — shahar harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, ko‘p qavatli binolarning 80 foizi, xususiy sektordagi binolarning 30 foizi vayron qilingan yoki shikastlangan. Shunga qaramay, o‘tgan yil kuzidan buyon yetti mingga yaqin tinch aholi vakillari Izyumga qaytib kelishdi.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina premer-ligasida bir daqiqa sukut 

«Dinamo Kiyev» va «Shaxtyor» (Donetsk) jamoalari Kiyevdagi o‘yin oldidan halok bo‘lgan jangchilar xotirasi uchun sukut saqladi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Dniproda oldindan qazib tayyorlab qo‘yilgan o‘nlab qabrlar

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining dastlabki uch oyida Dnipro shahridagi harbiy qabristonga 293 kishi dafn etilgan — bu haqda 2022 yil iyunida The Washington Post gazetasi yozgandi. Harbiy kapellan Dmitro Povorotniyga ko‘ra, harbiy harakatlarning oldingi sakkiz yilida qabristonda 175 ta qabr paydo bo‘lgandi. 2023 yil 21 aprelida olingan suratda o‘nlab yangi qabrlarni ko‘rish mumkin — ular oldindan qazib tayyorlab qo‘yilgan.

2023 yil aprelida Ukraina hukumati Kiyevda 50 ming qabr uchun mo‘ljallangan harbiy qabriston, turli diniy marosim binolari va muzeyni o‘z ichiga oladigan yodgorlik majmuasini tashkil etish rejasi haqida e’lon qilgandi. Oliy rada 2022 yil may oyidayoq maxsus ajratilgan yer uchastkasida shunday majmua qurish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgandi.

Scott Peterson / Getty Images

Donetsk oblastida ta’mirlanayotgan harbiy texnikalar

Oryx’ning OSINT-loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Ukraina qurolli kuchlari avval Rossiya qurolli kuchlariga tegishli bo‘lgan kamida 544 ta tank va 265 ta zirhli transportyorni qo‘lga kiritgan. Ukrainlarning 2022 yil kuzidagi yurishidan keyin The Wall Street Journal nashri Rossiya Ukrainada qoldirgan og‘ir qurollar soni g‘arbning istalgan mamlakati Kiyevga yetkazib berganidan ko‘proq ekani haqida yozgandi.

Oryx tahlilchisi Yakub Yanovskiyning qayd etishicha, o‘lja qilib olingan qurollarning faqat bir qismi ishlatishga yaroqli — ularning aksar qismi ta’mirlashni talab etadi. Ukraina QK 80-alohida desant-shturm brigadasi ustaxonasida mexaniklar o‘lja qilib olingan texnikalarni ham, Ukrainaning shikastlangan texnikalarini ham ta’mirlash bilan shug‘ullanmoqda. Bu texnikalar tuzatilib, yana frontga, Ukraina bayrog‘i ostida jang qilish uchun yuboriladi.

Zirhli transportyorning old oynasida o‘q izlari
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik mexanik BTR (zirhli transportyor) dvigatelini ta’mirlamoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Rossiya qo‘shinlaridan o‘lja qilib olingan zirhli transportyorni ta’mirlamoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid