Jahon | 16:18 / 06.05.2023
25171
4 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda amerikalik ko‘ngillining dafn marosimi va Baxmut atrofidagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 436-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Mediazona» BBC rus xizmati va ko‘ngillilar jamoasi bilan hamkorlikda olib boradigan loyiha doirasida Ukrainada halok bo‘lgan 22 mingdan ortiq rossiyaliklarning shaxsi tasdiqlandi. So‘nggi to‘rt haftada ro‘yxatga 2,3 mingdan ortiq kishi qo‘shilgan. 
  • Sergey Shoygu o‘q-dori ta’minotini «alohida nazorat ostida» saqlashni buyurdi — bu «Vagner» XHK asoschisi Prigojin muammo yuzasidan videomurojaat qilib, uni qattiq so‘kib haqoratlashi ortidan ro‘y berdi.
  • Zaporijjya oblastining anneksiya qilingan qismi hukumati harbiy harakatlar hududiga yaqin joylashgan 18 ta aholi yashash punkti, jumladan Energodarda ham aholi qisman evakuatsiya qilinishi haqida e’lon qildi.
  • Prigojin «Vagner» XHK Baxmutni 9 maydan keyin tark etishini ma’lum qildi — bunga «snaryad taqchilligi» sabab qilib keltirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh 10 may kuni shahardagi pozitsiyalarini RF mudofaa vazirligi qismlariga topshiradi va xususiy harbiy kompaniya jangchilarining qolgan-qutgan qismi ichkari hududdagi lagerga olib ketiladi.
  • Peskov Kremlda Putinning 9 maydagi an’anaviy qabuli bekor qilinganini ma’lum qildi. 
  • Kubandagi Ilskiy neftni qayta ishlash zavodiga qatorasiga ikkinchi kun dron orqali zarba berildi.

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yaqinidagi dala hospitali

Baxmut atrofidagi tibbiyot punktida yarador ukrain harbiysiga birinchi tez yordam ko‘rsatilishi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi harbiy shifokorlar tanaffus vaqtida
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukraina QK bosh shtabi 5 may tongidagi svodkasida xabar berishicha, Rossiya jumaga o‘tar kechasi Ukraina hududi bo‘ylab «Shahed» dronlari bilan yoppasiga zarbalar yo‘llagan (24 tadan 18 tasi urib tushirilgan). Rossiya kuchlari Kramatorsk va Zaporijjya bo‘ylab 10 ta raketa zarbasi ham bergan. Zaporijjya shahri Ukraina nazoratida qolmoqda. Zaporijjya oblastining anneksiya qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan «hukumat» esa front chizig‘i atrofida joylashgan 18 ta aholi yashash manzillari, jumladan, Energodar va Tokmak shaharlari aholisi ham janubroqdagi hududlarga «ko‘chirilishi» haqida e’lon qildi. 

Zaporijjyadagi «Sanrayz park» mehmonxonasining rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatlari
Andriyenko Andriy / AP / Scanpix / LETA

Kiyevdagi kundalik hayot 

Kiyevdagi metro bekati havo trevogasi chog‘ida
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevdagi «Ukraina Ekspomarkaz»da ukrain harbiylari uchun kamuflyaj to‘rlar to‘qiyotgan qizlar
Roman Pilipey / Getty Images
«Ukraina Ekspomarkaz»da „Azov“ polki tashkil etilganining to‘qqiz yilligi sharafiga o‘tkazilgan xayriya marafoni
Roman Pilipey / Getty Images
Roman Pilipey / Getty Images
Roman Pilipey / Getty Images
Ivanna Sanina Kiyevdagi dafn marosimida Ukraina bayrog‘i va sevgilisi Kristofer Kempbellning portretini olib o‘tmoqda — u Ukraina mudofaasi uchun tuzilgan Xalqaro legionning amerikalik ko‘ngilli jangchisi edi. Baxmutda halok bo‘ldi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid