Jahon | 08:27 / 26.07.2023
6358
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya parlamenti «Vagner»ni terrorchilik tashkilotlari reyestriga kiritishga chaqirdi

Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasining tashqi ishlar qo‘mitasi «Vagner» xususiy harbiy kompaniya (XHK) faoliyatiga oid hisobotini e’lon qildi va bu tuzilmani terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga chaqirdi. 

«Endi tarmoq eng zaif bo‘lgan paytda harakat qilish vaqti keldi», dedi qo‘mita raisi Alisiya Kerns. 

Qo‘mita rahbarining ta’kidlashicha, xususiy harbiy kompaniya tashkil etilganidan keyin 10 yil davomida Buyuk Britaniya hukumati «hech qanday izchil strategiyaga ega emas edi», «Vagner guruhi»ga qarshi mazmunli kurashish uchun hech qanday sa’y-harakatlar qilinmadi. 

Bu xususiy harbiy kompaniyaning o‘sishiga imkon berdi, «u o‘z Afrikaga chuqur kirib bordi va mojarolar yoki beqarorlik tufayli tiz cho‘kkan mamlakatlardan foydalanib keldi», deya qo‘shimcha qildi Kerns.

Avvalroq AQSh Moliya vazirligi Mali hukmron harbiy xuntasining uch a’zosiga «Vagner» XHK «beqarorlashtiruvchi» faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani va «Vagner guruhi»ning Ukrainadagi operatsiyalari manfaatlari yo‘lida o‘z davlati suveren resurslaridan foydalangani» uchun sanksiya joriy qildi. 

Sanksiya ro‘yxatiga Mali mudofaa vaziri polkovnik Sadio Kamara, mamlakat harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i polkovnik Alou Boi Diarra va uning o‘rinbosari podpolkovnik Adama Bagayoko kiritilgan. AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Kamara «Vagner» XHKni Malida joylashtirish lobbichilaridan biri bo‘lgan va 2021 yilda tegishli kelishuvni mustahkamlash uchun Rossiyaga bir necha bor tashrif buyurgan.

Mavzuga oid