07:31 / 11.08.2023
2555

Britaniyaning yangi elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Timoti Smartdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

Foto: Dunyo

«Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Timoti Smart janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qilishdan mamnunmiz, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. - Elchining kelgusidagi aniq natijalarga erishish istagini yuqori baholaymiz».

Timoti Smart 2019 yildan buyon Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Timoti Torlot o‘rnini egalladi.

Mavzuga oid
Top