Bugun Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov boşçiligidagi mamlakat delegatsiyasining Italiyaga taşrifi boşlanadi.

"Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov boşçiligidagi delegatsiya 28-29 may kunlari Italiya poytaxti Rim şahrida böladi", – deb yozdi TIV rahbari matbuot kotibi Ahror Burhonov özining Telegram-kanalida. 

Taşrif davomida "Italiya – Markaziy Osiyo" formatidagi uçinçi vazirlar konferensiyasida iştirok etiş va bir qator ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan.

Özbekiston TIV rahbari 20-21 may kunlari Ostona şahrida böldi va Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etdi. Şuningdek, bir qator ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi.