O‘zbekiston | 21:08 / 17.08.2023
11211
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tugatilgan «Mehribonlik uyi» va tarbiyalanuvchilar taqdiri haqida ma’lumot berildi 

23 ta Mehribonlik muassasasi faoliyati tugatilgan, tarbiyalanuvchilar ota-onasi va yaqin qarindoshlariga qaytarilgan, farzandlikka, vasiylikka, homiylikka, patronatga berilgan yoki «Oilaviy bolalar uyi»ga o‘tkazilgan. 

2023 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 23 ta Mehribonlik muassasasi faoliyati tugatildi. Shundan, 14 tasi «Mehribonlik uyi», 4 tasi «Bolalar shaharchasi», 5 tasi «Bolalar uyi». Bu haqda Milliy gvardiya rahbariyati ma’lumot berdi. 

Qayd qilinishicha, Mehribonlik muassasalaridan 2448 nafar tarbiyalanuvchi chiqarilgan. 

 Shundan: 

 – 694 nafari ota-onasi va yaqin qarindoshlariga qaytarilgan, 516 nafari farzandlikka, vasiylikka, homiylikka, patronatga berilgan; 

 – 753 nafari «Oilaviy bolalar uyi»ga o‘tkazilgan, 211 nafari o‘qishga kirgan (50 nafari oliy, 161 nafari o‘rta-maxsus ta’lim muassasasiga); 

 – 18 yoshga to‘lgan 118 nafari mustaqil hayotga chiqarilgan, 156 nafari muruvvat, saxovat va boshqa mehribonlik muassasalariga o‘tkazilgan va hisobdan chiqarilgan. 

Hozirda 2 ta Mehribonlik muassasasida 255 nafar tarbiyalanuvchi saqlanmoqda. 

Faoliyat yuritayotgan jami 138 ta «Oilaviy bolalar uyi»da 744 nafar bola tarbiyalanmoqda. 

Sog‘liqni saqlash tizimidagi 13 ta «Go‘daklar uyi»da 531 nafar bola tarbiyalanmoqda. 

Mavzuga oid