O‘zbekiston | 07:39 / 13.09.2023
4649
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Rossiyaga yangi multimodal yo‘nalishda yuk tashuvlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkent - Janubiy-Saxalinsk yangi aviayo‘nalishini ochish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: Transport vazirligi

12 sentabr kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Rossiya Federatsiyasi transport vaziri o‘rinbosari Dmitriy Zverev bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda transport va logistika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalari sonini ko‘paytirish, ikki davlat shaharlari o‘rtasidagi reyslar chastotasini oshirish va Toshkent - Janubiy-Saxalinsk yangi yo‘nalishini ochish masalasi ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, mamlakatlar o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Rossiya multimodal yo‘nalishida eksport-import yuk tashuvlarini tashkil etish hamda hamkorlikning boshqa masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid