Boku: Armaniston boshqa mamlakatlarning geosiyosiy raqobati vositasi bo‘lmasligi kerak
Hojiyevning aytishicha, Armaniston Zangezur koridorini ochish bilan bog‘liq muammolar yaratishda davom etmoqda.
Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev Armanistonni boshqa davlatlarning geosiyosiy raqobati vositasiga aylanmaslikka chaqirdi. Mahalliy matbuot yozishicha, Hojiyev bu haqda Bokuda jurnalistlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
Uning fikricha, boshqa davlatlarning geosiyosiy raqobatini Janubiy Kavkazga o‘tkazishga hojat yo‘q.
Hojiyev qayd etishicha, Ozarboyjonning pozitsiyasi - mintaqaviy muammolarni mintaqada hal qilish kerak. «Janubiy Kavkaz mintaqasi uzoq vaqtdan beri mojarolar va tahdidlardan aziyat chekkan. Armaniston, o‘z navbatida, bunday siyosatni amalga oshirishda vositaga aylanmasligi kerak», — dedi u.
Hojiyevning aytishicha, Armaniston Zangezur koridorini ochish bilan bog‘liq muammolar yaratishda davom etmoqda.
«Uch tomonlama bayonot doirasida Armaniston o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan biri Naxchivanning Ozarboyjon asosiy qismi bilan bog‘lanishini ta’minlash edi. Lekin u bu majburiyatlarini bajarmadi va Zangezur yo‘lagini ochishda muammo tug‘dirmoqda», - deya ta’kidladi u.
Hajiyevning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon Qorabog‘ning arman aholisi vakillari bilan 21 sentabr kuni Yevlax shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muzokaralar olib borishga tayyor. Hozirgi bosqichda asosiy masala - Qorabog‘ning arman aholisini reintegratsiya qilish, dedi u.
Hojiyev, shuningdek, rasmiy Boku mintaqada tinchlikka erishish va Yerevan bilan munosabatlarni normallashtirish tarafdori ekanini ta’kidladi.
U Ozarboyjon tomonidan Qorabog‘da olib borilayotgan terrorizmga qarshi chora-tadbirlar arman tinch aholisiga qarshi qaratilgan emasligini ta’kidladi. Ammo Qorabog‘da noqonuniy qurolli guruhlar mavjudligi uning arman aholisining Ozarboyjon jamiyatiga qayta qo‘shilishiga to‘sqinlik qilgan, deydi u.
«Bu mahalliy, cheklangan miqyosdagi tadbirlar edi. Ozarboyjon armiyasi juda ehtiyotkorlik bilan harakat qildi va tinch aholi manzillariga zarba bermadi», dedi u.
Hojiyevning so‘zlariga ko‘ra, arman tomoni harbiy obektlarni turar joy va fuqarolik muassasalariga juda yaqin joylashtirishga uringan.
Tinchlik kelishuvi Ozarboyjonning tashabbusi bo‘ldi, deydi Hojiyev.
«AQSh va boshqa davlatlar tinchlik kelishuvi uchun platformalar taqdim etdi. Lekin gap qayerda muhokama qilishda emas, nimani muhokama qilishda. Tinchlik shartnomasi, menimcha, 70 foizga kelishilgan. Ammo hozircha bu o‘zaro jarayon bo‘lishi kerak», — dedi u.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024