Jahon | 16:31 / 13.12.2023
14718
7 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiyning Amerikaga safari va front yaqinidagi jonivorlar hayoti. Urush suratlari

Ukrainada urushning 657-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy amerikalik kongressmenlar bilan uchrashdi va Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazdi. AQSh prezidenti Ukrainaga 200 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi ajratish to‘g‘risidagi farmonini imzolaganini aytdi. Endi bu mablag‘ kongress tomonidan ma’qullanishi kerak.
  • Xelsinki Finlandiya fuqarolari vatanga qayta olishi uchun 14 dekabrdan Rossiya bilan chegaradagi Vaalimaa va Niirala nazorat-o‘tkazish punktlarini ochadi.
  • Ukrainada «Kiyevstar» aloqa operatori faoliyatida yirik uzilish ro‘y berdi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab infratuzilma muammolariga olib keldi. Kompaniya uzilishga Rossiya tomonidan hakerlik hujumi uyushtirilgani sabab bo‘lganini bildirgan. RF bu ma’lumotni tasdiqlamagan.
  • NYT ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Ukraina 2024 yil uchun harbiy strategiya ishlab chiqmoqda. Vashington Kiyevga hozirgi pozitsiyalarda mustahkam o‘rnashish va kuchini oshirishni taklif etmoqda.
  • AQSh Ekspobankka va «Megafon»ning sobiq bosh direktori Ivan Tavringa qarshi sanksiyalar qo‘lladi.

Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi

Volodimir Zelenskiy 11 dekabr kuni Rossiyaga qarshi urushda Ukrainaga yordam ko‘rsatishda davom etishni so‘rash uchun kongress qarshisida chiqish qilish maqsadida ikki kunlik tashrif bilan Vashingtonga bordi. Birinchi kun u Pentagon rahbari Lloyd Ostin hamda Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Charlz Braun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda ular «global xavfsizlik uchun chaqiriqlar, frontdagi voqealar rivoji va Ukraina-Amerikaning mudofaa sohasidagi hamkorligi kelajagini muhokama qilishgan».

12 dekabr kuni ukrainlar yetakchisi bilan AQSh prezidenti Jo Bayden ham uchrashdi. U Ukrainaga 200 million dollar miqdoridagi harbiy yordam ajratish to‘g‘risidagi farmonini imzolaganini aytgan. Shuningdek, agar kongress yil oxiriga qadar qo‘shimcha moliyalashtirishni ma’qullamasa, bu Vladimir Putin uchun «eng katta Rojdestvo sovg‘asi» bo‘lishini qayd etgan.

Ukraina qurolli kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga respublikachilar qarshi chiqishmoqda. Ular Bayden ma’muriyatidan boshqa masalalar, birinchi navbatda migratsiya siyosatini qat’iylashtirish va AQShnng janubiy chegaralari xavfsizligini ta’minlash masalasida yon berishni talab qilgan holda, kongressda tegishli qonun loyihasini qabul qilishmayapti. Oq uydagilar Kiyevga yordamni 2023 yil oxirigacha ma’qullash kerakligi, chunki oldin ajratilgan mablag‘lar deyarli tamom bo‘lganini aytishmoqda.

Volodimir Zelenskiy Vashingtondagi AQSh Milliy mudofaa universitetida chiqish qilmoqda
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Anadolu / ddp / Vida Press
Volodimir Zelenskiy va Jo Bayden Oq uyda
Chip Somodevilla / Getty Images
Zelenskiyning AQSh senatorlari bilan uchrashuvi. Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Orixivda uy jonivorlarini qutqarayotgan juftlik

61 yoshli Lyubov va 75 yoshli Yuriy — Zaporijjya oblastining Orixiv shahridagi (hozirda Rossiya yurishi davom etayotgan hududdan 13 kilometr masofada joylashgan) juftlik. Ular egalari front yoqasidagi shahardan evakuatsiya bo‘lgan va jonivorlarini o‘zi bilan olib keta olmagan odamlarning mushuk va itlariga g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda.

Yuriy uy jonivorlarini ovqatlantirish uchun ketmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Lyubov egalari tashlab ketgan kuchuklar bilan
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Orixivliklarning tashlab ketilgan bo‘sh uylarida ularning jonivorlari yashashda davom etmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Lyubov qo‘shnisining bo‘sh qoldirilgan uyida
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukrain qo‘shini 12 dekabr kuni snaryadlar bilan Donetskni o‘qqa tutdi. DXRning Moskva tomonidan tayinlangan ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar oqibatida turar joylar va Budennov rayonidagi yonilg‘i quyish shoxobchasi shikastlangan. Tinch aholi vakillaridan ikki kishi jabrlangan.

Donetskda yashovchi Yelena Rodik o‘z kvartirasida, snaryadlardan biri shu yerga kelib tushgan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatlari

11 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev bo‘ylab navbatdagi raketa zarbalarini yo‘lladi. Shahar harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari barcha raketalarni urib tushirgan, parchalar poytaxtdagi ikki rayon hududiga qulagan. Darnitskiyda hali qurib bitirilmagan bino oldida besh metr chuqurlikdagi ulkan o‘ra hosil bo‘lgan, Goloseyevskiyda turar joy binosi tomi yonib ketgan. Kiyev meri Vitaliy Klichko tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi jabrlangani haqida ma’lum qilgan.

Kiyevda Rossiya raketasi parchalari tushgan sektorning ko‘rinishi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
11 dekabr kungi raketa zarbasidan keyingi vayrongarchilik
Viacheslav Ratynskyi / Anadolu / ddp / Vida Press
Rossiya harbiylari shaharni o‘qqa tutishidan keyin uyi derazasidan qarayotgan kiyevlik
Viacheslav Ratynskyi / Anadolu / ddp / Vida Press
Kiyev aholisi vakili rossiyaliklar raketasi parchasi tushgan joyni tozalamoqda
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Donetsk ostonasidagi ukrain piyodalari 

Nemislarning «Marder» rusumli piyodalar jangovar mashinasi (BMP) ustida turgan ukrainalik askar
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
«Marder» piyodalar jangovar mashinasi ortidan borayotgan ukrain askarlari
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukrain armiyasining «Marder» rusumli piyodalar jangovar mashinasi
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images

BMP «Mardyer», prinadlyejashchaya ukrainskoy armii

Mavzuga oid