10:00 / 21.12.2023
19988
Reklama

Texnologiyalar olamida o‘ziga xos muvaffaqiyat: HONOR X9b yangi sanoat standartlarini o‘rnatmoqda

Foto: HONOR

Mobil texnologiyalardagi innovatsiyalari bilan tanilgan HONOR kompaniyasi yaqinda o‘zining yangi flagmani – HONOR X9bʼni omma e’tiboriga taqdim etdi. Ushbu smartfon o‘zining beqiyos displey sifati, yuqori darajadagi suratga olish imkoniyatlari va yaxshilangan batareya quvvati bilan texnologiyalar olamida yangi standartlarni o‘rnatmoqda.

Bu haqida HONOR Device Co, Ltd bosh direktori Jorj Chjao shunday bayonot berdi: "Biz HONOR X9b smartfonini taqdim etishdan mamnunmiz, bu model bizning innovatsiyalarga sodiqligimizni ko‘rsatadi va foydalanuvchilarga o‘ziga xos noyob imkoniyatlar tajribasini taqdim etadi".

HONOR X9b o‘zining nozik dizayni, kuchli kamera tizimi va ta’sirli chidamliligi bilan boshqa modellardan ajralib turadi, bu shuningdek, HONOR kompaniyasining barcha uchun universal, yangi aqlli dunyoni yaratishga sodiqligini ham o‘zida aks ettiradi.

HONOR X9bʼning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1. Ishonchli va chidamli: HONOR Ultra-Bounce Anti-Drop texnologiyasiga ega ekran SGS tomonidan sertifikatlangan bo‘lib, tushirib yuborilganda chidamlilikni ta’minlaydi. Bu esa uni bozordagi eng ishonchli smartfonlardan biriga aylantiradi.

2. Yuqori displey sifati: 6,78 dyuymli AMOLED ekrani, ultra tiniq 1,5K piksellar sonini va keng DCI-P3 rang gammasini qo‘llab-quvvatlab, sizga jonli va yuqori sifatli tasvirlarni olish imkoniyatini taqdim etadi.

3. Ko‘zni himoya qilish tizimi: HONOR X9b ko‘zni himoya qiluvchi bir qator xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, jumladan, past ko‘k yorug‘lik va sirkadli tungi displey, bu ayniqsa ekranlar oldida ko‘p vaqt o‘tkazadigan foydalanuvchilar uchun muhimdir.

4. Kuchli kameralar tizimi: 108 megapikselli asosiy kamerani o‘z ichiga olgan, uch kamerali tizim bilan HONOR X9b yorqin va aniq suratlarni olish uchun ideal tanlov hisoblanadi.

5. Flagman unumdorligi: 5800 mAs darajali batareya va Qualcomm® Snapdragon® 6 Gen 1 mobil platformasi bilan, HONOR X9b yuksak samarali va uzoq muddatli batareya quvvatini taqdim etadi.

HONOR X9b uchta rangda mavjud: Marokko to‘q sariq rangi, tim qora rangi va zumrad yashil rangi. Ayni damda ushbu model Texnomart, Idea, Media Park va boshqa do‘konlarda 8/256 GB uchun 4 315 000 so‘m va 12/256 GB uchun 4 716 000 so‘mdan tavsiya etilgan narxlarda sotilmoqda.

2023 yil 1 dekabrdan 2024 yil 15 yanvargacha telefon xarid qilinganda, har bir xaridorga sovg‘a qutisi (gift box) berilishi ko‘zda tutilgan.

Sayt: http://www.hihonor.com/uz

Instagram: https://www.instagram.com/honoruzbekistan/

Telegram: https://t.me/HonorUzbekistan

Reklama

Mavzuga oid
Top