12:00 / 03.11.2023
3742

HONOR mamlakatning noyob ovozi tanlovining ikkinchi bosqichi - xalq ovozi bosqichini e’lon qildi

Ekspertlar tanlov ishtirokchilarining barcha ovoz namunalarini o‘rganib chiqishdi va g‘oliblikka 30 ta nomzod ro‘yxatini tuzishdi.

Foto: HONOR

2023 yilning 9 oktyabrida HONOR texnologik kompaniyasi O‘zbekistonning noyob ovozi tanlovini e’lon qildi. Tanlov g‘olibi butun oila a’zolari uchun HONOR mahsulotlari to‘plamini qo‘lga kiritadi, uning ovozi esa mamlakat hududida brendning reklama roliklari va internet-materiallarida jaranglaydi. 

“HONOR OVOZI”tanlovida ishtirokchilarning murojaatlarini qabul qilish 25 oktabr sanasida yopildi, unda 10 000 dan ortiq ishtirokchi “Go Beyond HONOR” jumlasi bilan o‘z ovozi namunasini yuklab jo‘natishga ulgurdi. 25 oktyabrdan 29 oktyabrgacha kompaniya hay’at a’zolari audiomateriallarni saralab, 30 ta finalistning shortlistini tuzishdi, endi esa xalq orasida ovoz berish bosqichi boshlandi.

30 oktyabrdan 5 noyabrga qadar barcha ko‘ngillilar o‘zlari noyob ovoz sohibi deb hisoblagan nomzodga ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun tanlov saytiga kirib, final ishtirokchilarining audio-namunalarini tinglashlari va O‘zbekistonda noyob deya e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan ovozga ovoz berishlari kerak.

HONOR tanlovi yakunlari 2023 yil 6 noyabrda sarhisob qilinadi.

G‘olibga butun oilaga mo‘ljallangan HONOR mahsulotlaridan iborat quyidagi sovg‘alar to‘plami taqdim etiladi:

— HONOR 90 smartfoni;

— HONOR X9a smartfoni;

— HONOR X8a smartfoni;

— HONOR X7a smartfoni;

— HONOR Choice Earbuds X3 Lite quloqchinlar juftligi;

— Magicbook X14 2023 noutbuki.

Final ishtirokchilari ro‘yxati va ishtirok etish shartlari bilan tanlov saytida tanishib chiqish mumkin: https://www.honorovozi.uz 

HONOR yangiliklari va ma’lumotlar bilan kompaniyaning O‘zbekistondagi sayti va Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabardor bo‘ling.

Reklama

Mavzuga oid
Top